Sakina Jaffrey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sakina Jaffrey
Tavalludi 14-fevral 1962-yil (1962-02-14) (62 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Actress
Faoliyat yillari 1979 — hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Francis Wilkinson
Bolalari 2
Otasi Saeed Jaffrey
Onasi Madhur Jaffrey

Sakina Jaffrey (1962-yil 14-fevralda tugʻilgan)[1] — amerikalik aktrisadir.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jaffrey New-York shahrida tugʻilgan, ota-onasi hindistonda tugʻilgan, aktrisa va oziq-ovqat va sayohat yozuvchisi Madhur Jaffrey va aktyor Saeed Jaffreyning kenja qizi. U uch yoshida ota-onasi ajrashishdi va u otasidan uzoqlashib olisda katta boʻladi, keyinchalik u Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtadi[2].

U Manhattanning Grinvich qishlogʻida oʻsgan va u yerda PS 41da qatnashgan. Keyinchalik u Upper East Sidedagi Nightingale-Bamford maktabida oʻqidi[1].

Jaffrey Xitoy madaniyatiga boʻlgan muhabbatini katta singlisi Meeradan olgan. U 1984-yilda Vassar kollejini tamomlagan, kollejning xitoy tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha, aktrisa bo‘lishidan avval tarjimon bo‘lishni rejalashtirgan edi[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

17 yoshida Jeffrey New-Yorkdagi jamoat teatrida Wallece ShawnningMarie va Bruce“ spektaklida professional aktyorlik debyutini qilgan[1].

U otasi bilan „Masala“ (1991-yil)[4] filmida va onasi bilan "Mukammal qotillik" (1988-yil) filmida suratga tushgan. 2002-yilda u Mark Wahlberg rolini oʻynagan "Charlie haqidagi haqiqat" filmida paydo boʻladi. Uning bolalari Kassius va Jamila u bilan birga „Helenni tarbiyalash“ (2004-yil) va "Ode" (2008-yil) nomli filmlarda rol ijro etadi.

U Netflix serialidagi "Kartalar uyi" (2013-yil) da Oq uy apparati rahbari Linda Vasquez rolini o‘ynagan[5]. 2014-yilda u Foxning Sleepy Hollow teleserialining ikkinchi mavsumida yangi sheriff Leena Reyes rolida paydo boʻlishi eʼlon qilindi[6].

2016-yildan 2018-yilgacha u NBC telekanalining Timeless teleserialida Milliy xavfsizlik agenti Denise Christopher rolida bosh rolni ijro etgan.

U, shuningdek, 2017-yilda rejissyor NoahBaumbach tomonidan suratga olingan va Dastin Hoffman va Adam Sandler ishtirokidagi komediya-drama janridagi „Meyerowitz Stories“ filmida Malini Soni rolini ijro etgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jeffrey New-York chekkasida eri, jurnalist Frencis Wilkinson va ularning ikki farzandi Cassius va Jamila bilan yashaydi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Sakina Jaffrey“. Woody King Jr.'s New Federal Theatre. — „Sakina Jaffrey was born on February 14, 1962 in Manhattan.“. Qaraldi: 12-iyun 2022-yil.
  2. Sid Adilman. The three faces of Saeed Jaffrey. Toronto Star (2-fevral 1992-yil), s. C1.
  3. Kay Renz. Actress Sakina Jaffrey: Getting Used to the Red Carpet. Boca Raton News (4-iyul 2004-yil), s. 8V.
  4. Woo. „Saeed Jaffrey dies at 86; Actor exuded flair and versatility from Bollywood to Britain“ (inglizcha). Los Angeles Times (17-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 10-fevral 2022-yil.
  5. Goodman. „House of Cards: TV Review“ (inglizcha). The Hollywood Reporter (26-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 10-fevral 2022-yil.
  6. „Sleepy Hollow Casting Scoop: House of Cards Star Is the New Sheriff in Season 2“. E! Online (27-may 2014-yil). Qaraldi: 10-fevral 2022-yil.
  7. „'House of Cards' actress Sakina Jaffrey feels '100% New Yorker'“. CNN (21-may 2019-yil).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]