Kontent qismiga oʻtish

Saidov Timur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Timur Sharifovich Saidov sharqshunos va diplamat, O'zbekiston Resbuplikasining Buyuk Britaniya Favqulodda va Muxtor vakili.

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1951-yil 13-oktabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1969-yilda Toshkent Davlat universitetining Sharq fakultetida arab tilini o‘rgana boshladi. 1974-yilda universitetni tamomlagach, armiyaga chaqirilib, Turkmanistonda arab tilidan tarjimonlik qilgan. Shundan so‘ng 1976-1978 yillarda Liviya Arab Respublikasida tarjimon bo‘lib ishlagan. T. Saidov 1978-1984 yillarda Toshkent Davlat universiteti katta o‘qituvchisi, Toshkent shahar ijroiya komiteti qoshidagi xorijiy talabalar ishlash Kengashning ma'sul kotibi muovini lavozimlarida ishlagan.

1984 yilda T. Saidov Moskvaga ishlash uchun yuborilgan. U yerda bir yil diplomatik akademiyada tahsil oldi va SSSR Tashqi ishlar vazirligiga ishga ketdi. 1988-1991 yillarda T. Saidov SSSRning Daniya Hoshimiylar Qirolligidagi elchixonasida, keyin Moskvada (1991-1992) SSSR Tashqi ishlar vazirligida ishlagan. 1992-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi maslahatchisi, 1993-1994-yillarda esa Davlat protokoli byurosi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 1994 yil dekabr oyida Timur Saidov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor vakili etib tayinlandi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdusamatov, Malik. O'zbekiston sharqshunoslari, Toshkent, 1996 — 76 bet.