Amirali Saidbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saidbekov Amiralidan yoʻnaltirildi)

Amirali Saidbekov (1920.15.5, Fargʻona viloyati Rishton tumani – 1945.8.4, Polsha, Ribnik shahri) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 1939–40 yillardagi Sovet-Finlandiya urushi qatnashchisi. 1941-yil iyundan 325-gvardiyachi oʻqchi polkning rota komandiri, gvardiyachi katta leytenant. 1945-yil 8 aprelda boʻlgan jangda marrani mohirlik bilan saqlab, jasorat koʻrsatgan va shu jangda halok boʻlgan. 1945-yil 29 iyunda (oʻlimidan soʻng) Qahramon unvoni berilgan. Fargʻonadagi koʻchalardan biri uning nomi bilan atalgan. Rishton tumanidagi Sarikanda qishlogʻida yodgorlik oʻrnatilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil