Saidali Tursunovich Mirzayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mirzayev Saidali Tursunovich (1939.22.7, Samarqand) — ganchkor, Oʻzbekiston xalq ustasi (2000). Samarqand arxitektura-qurilish institutini tugatgan (1977). 1958 yilda ganchkor usta Ibrohim Shermuhamedovga shogird tushgan; ustozi bilan Shoqizinda maj-muasi, Bibixonim mayejidi, Amir Temur maqbarasi, Tillakori, Ulugʻbek, Sherdor madrasalari va boshqa meʼmoriy obidalarni taʼmirlashda ishtirok etgan. 1967 yildan mustaqil usta, 1976 yildan Samarqand shahri 37kasbhunar texnika bilim yurtida ganch oʻymakorligidan dare bera boshladi. M. islom meʼmorligining gumbaz sanʼatida qoʻllaniladigan muqarnas kabi oʻta murakkab shaklini tiklash va yangi turlarini yaratishda ijodiy yutuklarga erishdi.

Hamid Olimjon nomidagi musiqali drama teatri, SamTI, Samarqand arxitektura-qurilish instituti binolarining ichki va tashqi bezaklari (naqqoshlik, ganchkorlik, koshinkorlik ishlari)ni mustaqil usta sifatida yuksak badiiy saviyada bajardi. Imom Buxoriy yodgorlik majmui, Sherdor Madrasa gumbazidagi bajarilgan ishlar ustaning yuksak mahoratini namo-yish etadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil