Saxaroza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saharozadan yoʻnaltirildi)

Saxaroza (hindcha sakkhara — qum, shakar qumi) — disaharidlar guruhiga mansub uglevod, C12H22O11, rangsiz kristall modda. Mol. m. 342,296. Fotosintezda oʻsimlik barglarida hosil boʻladigan qand. Uglerod-C barg shirasi bilan birga poya, meva va ildizga oqib tushib toʻplanadi. C. qand lavlagida (20—24% gacha) va shakarqamish poyasida (26% gacha) boʻladi. Suyuqlanish temperaturasi 185— 186°; 200° dan yuqori trada parchalanadi, suvda yaxshi, spirtda yomon eriydi. Asosan, oziq-ovqat sanoatida, shuningdek, sirt faol moddalar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil