Safarboy Mullajonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Safarboy Mullajonov — 1900-yili tug‘ilgan, Poyariq rayoni Birlashgan qishloq soveti Qo‘shtepa qishlog‘idan, o‘zbek. 1935-yiLi ijtimoiy kelib chiqishini yashirganligi uchun VKP(b) safidan chiqarilgan. Hibsga olingunga qadar kolxozchi, 10 yil mehnat tuzatuv lageriga hukm qilingan, jazo muddati 1937-yil 17-avgustdan hisoblangan. Kolxozchilar orasida aksilinqilobiy, troskiychi targ‘ibot olib borganlikda, troskiychilarning tor-mor keltirishiga qaramasdan baribir ular sovet hokimiyatini ag‘darib g‘alabaga erishadilar deb aytganlikda, kolxozlardagi ocharchilik to‘g‘risida ig‘vorona mish-mishlar tarqatganlikda ayblanib 10 yil qamoq jazosiga hukm etilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 145 bet. ISBN 978-9943-00-240-1.