Sadibek Tugel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sadibek Tugel
Asl ismi qozoqcha: Сәдібек Түгел
Tavalludi 1955-yil 23-fevral
Amangeldi, Sharqiy Qozogʻiston viloyati, Ulan tumani, Qozogʻiston SSR, SSSR (hozirgi Abay viloyati, Qozogʻiston)
Fuqaroligi Qozogʻiston
Faoliyat turi Yozuvchi, publisist

Sadibek Tugel (1955-yil 23-fevral, Abay viloyati, Ulan tumani) — qozoq yozuvchisi, publitsist, Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi, Ostona shahrining birinchi matbuot kotibi, Milliy ot sporti federatsiyasining prezidenti, Qozogʻistonning xizmat koʻrsatgan arbob. Tugel 2019-yilgi Qozog‘istondagi bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida „Buyuk dasht burgutlari“ respublika jamoat ijtimoiy-madaniy harakati nomidan ishtirok etgan.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sadibek Tugel 1955-yilning 23-fevralda Sharqiy Qozog‘iston viloyati, Ulan tumani, Amankeldi qishlog‘ida tug‘ilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sadibek Tugel Chimqora qishlog‘idagi Jambil o‘rta maktabni 1972-yili tamomlab, o‘sha yili Qozog‘iston Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kiradi. 1980-yili mazkur universitetni tamomlaydi.

1973-yili may oyida harbiy xizmatga chaqiriladi. Harbiy xizmatni Sovet Armiyasi Qurolli Kuchlarining Sharqiy Germaniyadagi boʻlimida oʻtagan. Mehnat faoliyatini oddiy ishchidan boshlagan. Ikki yil Olmaota shahridagi paxta yigirish fabrikasida mexanik boʻlib ishlaydi. 1977—1978-yillarda viloyat „Orken-Rassvet“ gazetasida tarjimon, 1979-yilda Ulan tuman ijroiya qo‘mitasi tashkiliy bo‘limi instruktori, 1979—1984-yillarda tuman komsomol tashkilotining birinchi kotibi lavozimlarida ishlagan. 1984—1988-yillarda tuman partiya qo‘mitasining tashkiliy bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

1988—1990-yillarda Oliy partiya maktabida ikki yil kunduzgi bo‘limida o‘qib, „siyosatshunos“, „sotsiolog“ degan mutaxassisliklarini olgan. 1990—1992-yillarda tuman nazorat qo‘mitasi raisi, keyinchalik boshqa mas’ul vazifalarni ham bajargan. 1992—1994-yillarda „Ulan tani — Ulanskie zori“ gazetasida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. 1994-yildan 1998-yilgacha Olmaotadagi „Qozogʻiston televideniyesi va radiosi“ korporatsiyasida masʼul lavozimda ishlaydi.

2019-yilgi prezidentlik saylovi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sadibek Tugelning 2019-yilgi saylov kampaniyasidagi logotipi

2019-yilning 22-aprelida Sadibek Tugel 2019-yilgi prezidentlik saylovida „Uli Dala Qirandari“ partiyasidan prezidentlikka oʻz nomzodini qoʻyishini maʼlum qiladi[1]. Tugel birinchi boʻlib, oʻz nomzodini qoʻyilganini eʼlon qiladi. 2019-yilning 3-mayida 122 mingdan ortiq imzo yigʻib, Markaziy saylov komissiyasidan ro‘yxatga olinadi.

Tugel qozoq tilini saqlash, ayollar va bolalarning huquqlarin himoya qilish, shuningdek, qozoqning anʼanaviy qadriyatlarini saqlash va targʻib qilish kabi masalalar boʻyicha oʻz targʻibot-tashviqotini olib boradi. 2019-yilning 3-iyunida Tugel qozoq ayollarining xorijliklarga turmushga chiqishni taqiqlashni taklif qiladi[2]. Tugel atigi 0,92 foiz ovoz yigʻib, saylovda oxirgi o‘rinni egallaydi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]