Saʼdulla Siyoyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Saʼdulla Siyoyev (1939.03.25, Qozog‘istoninng Turkiston shahri yaqinidagi Qarnoq qishlogʻi) — yozuvchi, dehqon oilasida tugʻilgan. Qarnoqdagi o‘rta maktabda (1946-1956), Toshkent Davlat dorilfununida (1957-1962) o‘qidi. Saʼdulla Siyoyev Toshkent radiosida, respublika vaqtli matbuoti, „Mushtum“ satirik oynomasida ishladi. Hozirgi kunda u Oʻzbekiston uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi boshligʻidir.

Saʼdulla Siyoyev ijodi sheʼr yozishdan boshlanadi. Uning dastlabki sheʼri 1956 yilda „Qizil Oʻzbekiston“ ro‘znomasida bosiladi.

Hikoyalari[tahrir]

  • „Qiz bolaning pandi“ (1963)
  • „Ming bir qiliq“ (1964)
  • „Charxpalak“ (1965)
  • „Uyimizga mehmon keldi“ (1966)

Saʼdulla Siyoyevning hikoyalarida bugungi qishloqlarimiz hayoti, yoshlar sevgisi yaxshilik va muruvvat kabi insoniy tuygʻular ulugʻlanadi.

Hikoyalar toʻplamlari[tahrir]

  • „Qasam ichmagan yigit“ (1970, birinchisi, lirik va hajviy-yumoristik)
  • „Sadagang ketay“ (1972)
  • „To‘ylar muborak“ (1975)
  • „Oy borib, omon keeling“ (1976)
  • „Ogʻir vaznli janjalkash“
  • „Erkaklar uchun ertaklar“

Ularda yozuvchi zamondoshlarimizning mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy histuyg‘ularini ardoqlaydi.

Qissa va hikoyalar toʻplamlari[tahrir]

  • „Yorug‘lik“ (1986)
  • „Beparvo bo‘lmoqchiman“ (1990)
  • „Majnuntolning novdasi“ (1989, Hamza nomidagi mukofotga tavsiya etilgan)

Romanlari[tahrir]

  • „Avaz“ (1987)
  • „Turkistonlik avliyo“ (hozida, tarixiy, Ahmad Yassaviy haqida)

Rus tilidagi toʻplamlari[tahrir]

  • „Sneg na golovu“ (1988)
  • „Skazki dlya mujchin“ (1989)

Saʼsulla Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirg‘iz, tojik tillariga tarjima qilingandir. Ayni chogʻda u Mixail Zoshchenko, Leonid Lench, Ark. Arkanov, G, Gorin kabi yozuvshlarning ko‘plab hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.[1]

Manbala[tahrir]

  1. Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993

Havolalar[tahrir]