Saúl Ñíguez Esclápez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saúl Ñíguez Esclapez
Saúl Ñíges „Chelsea“ futbol klubi safida
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 1994-yil 21-noyabr (27 yosh)
Tavallud joyi Elche, Ispaniya
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atlético Madrid
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Real Madrid (2006—2008)
Atlético Madrid (2008—2010)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
Atlético Madrid (2012—)
Rayo Vallecano (ijara) (2013—2014)
Chelsea (ijara) (2021—2022)
Milliy terma jamoa
Ispaniya U17 (2010—2011)
Ispaniya U18 (2012)
Ispaniya U19 (2012—2013)
Ispaniya U20 (2013)
Ispaniya U21 (2013—2017)
Ispaniya (2016—)
Ispaniya U16 (2009)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Saúl Ñíguez Esclápez (talaffuzi: Saul Niges Esklapes; 1994-yil 21-noyabrda Ispaniyada tugʻilgan) — „Atletico Madrid“ futbol klubining yarim himoyachisi hisoblanadi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saúl Ñíguez „Real Madrid“ jamoasidan „Atletico Madrid“ jamoasiga futbolchi sifatida qabul qilingan. 2011-yilning 10-aprelida „Extremadura“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda jamoa tarkibida debyut qilgan[1]. 2012-yil 8-mart kuni Saúl Ñíguez „Atletico Madrid“ futbol klubi safida „Beşiktaş“ futbol klubiga qarshi bahsning 6-daqiqasida maydonga kiritildi hamda jamoa safida debyut qilgan[2]. Uning asosiy jamoada navbatdagi oʻyini 2012-yilning 20-sentabr kunida „Hapoel“ futbol klubi bilan uchrashuvda boʻlib oʻtgan[3].

2013-yilning 20-iyulida Saúl Ñíguez „Real Madrid“ futbol klubidan „Rayo Vallecano“ futbol klubiga shartnoma bilan yuborildi va u yerda bir mavsumlik faoliyatini davom ettirdi.

2015-yilning 7-fevralida „Real Madrid“ derbisida Saúl Ñíguez jarohat olgan oʻyinchi Kokening o‘rniga maydonga tushdi va o‘n daqiqadan so‘ng jamoasining ikkinchi golini kiritishga muvaffaq boʻldi. Soʻngra, oʻyinning yakunida uning jamoasi g‘alaba qozondi[4]. 2016-yilning 27-aprelida Saúl Ñíguez „Bayern Munich“ futbol klubiga qarshi Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi o‘yinida yagona golni kiritishni uddasidan chiqdi[5]. 2017-yilning 18-aprelida Saúl Ñíguez Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida „Leicester City“ futbol klubi darvozasiga yana bir navbatdagi golini kiritishni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirdi[6].

2017-yilning 1-iyulida Saúl Ñíguez „Atletico“ futbol klubi bilan 9 yillik yangi shartnoma imzoladi[7]. 2019-yilning 18-avgust kuni Saul „Getafe“ futbol klubiga qarshi klubdagi 250-uchrashuvini o‘tkazdi[8].

2020—2021-yilgi mavsum yakunida esa Saúl Ñíguez „Atlético Madrid“ futbol klubidagi faoliyati davomida ilk bor Ispaniya chempioniga aylandi.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saúl Ñíguez Ispaniyaning turli yoshlar jamoalarida oʻynagan. Xususan, Ispaniya terma jamoasi tarkibida va 2012-yilda 19 yoshgacha boʻlgan yosh toifasida Yevropa chempioni boʻldi. 2017-yilda Saúl Ñíguez  yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu turnirda Saúl Ñíguez ham 5 ta gol kiritib eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Shuningdek, 2018-yilning 8-sentabrida Angliyaga qarshi oʻyinda UEFA Millatlar ligasida Ispaniya terma jamoasi safida debyut golini kiritdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saúl Ñíguezning katta akalari Honey va Aaron ham futbolchi boʻlib, mos ravishda Ispaniyaning „Elche“va Malayziyaning „Johor“ klublarida faoliyat olib borishgan.

Saúl Ñíguezning rafiqasining ismi Amaia Salamanca boʻlib, ularning Africa ismli qizi bor.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa   Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Atlético Madrid B 2010—2011 22 1 22 1
2011—2012 22 1 22 1
2012—2013 26 6 26 6
Jami 70 8 0 0 0 0 70 8
Atlético Madrid 2011—2012 0 0 0 0 1 0
2012—2013 2 0 2 0 11 0
2014—2015 24 4 4 0 35 4
2015—2016 31 4 4 2 48 9
2016—2017 33 4 8 1 53 9
2017—2018 36 2 5 0 56 6
2018—2019 33 4 3 0 45 6
Jami 241 26 29 3 0 0 356 43
Rayo Vallecano (ijara) 2013—2014 34 2 3 0 37 2
Chelsea 2021—2022 10 0 3 1 4 0 23 1
Umumiy faoliyatida 355 36 35 4 4 0 486 54

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Atlético B win in Extremadura“. Atlético Fans (2011-yil 11-aprel). 2012-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Saúl Ñíguez debuta con el Atlético“ (es). Marca (2012-yil 8-mart). 2012-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Match Report: Hapoel Tel Aviv 0-3 Atletico — Goal.com“. 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-sentyabr.
  4. „Atlético Madrid 4–0 Real Madrid“ (en). BBC Sport (2015-yil 7-fevral). 2015-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-mart.
  5. „Slick Atlético inflict more Spain pain on Bayern“ (en). UEFA (2016-yil 27-aprel). 2018-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-mart.
  6. McNulty, Phil „Leicester City 1–1 Atlético Madrid“ (en). BBC Sport (2017-yil 18-aprel). 2020-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-mart.
  7. „Saul Niguez to stay with Atletico Madrid for nine more years“ (en). BBC Sport (2017-yil 1-iyul). 2021-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-mart.
  8. „Atlético 1–0 Liverpool: Saúl Ñíguez gives Simeone's side advantage“ (en). УЕФА (2020-yil 18-fevral). Qaraldi: 2021-yil 6-mart.