SOS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

SOS — bu Morze kodidagi favqulodda signal (  ▄ ▄ ▄ ▄▄▄ ▄▄▄ ▄▄▄ ▄ ▄ ▄ ). Xalqaro miqyosda ishlatiladigan bu kod dastlab dengizda foydalanish uchun yaratilgan. Rasmiy yozuvda SOS „SOS“ ning alohida harflari Morze kodi ekvivalentlari uch nuqta / uchta tire / uch nuqtadan iborat uzluksiz ketma-ketlikda, harflar orasida boʻsh joy qolmagan holda ortiqcha ustgi chiziq bilan yoziladi.[1] Xalqaro Morze kodida uchta nuqta „S“ harfini va uchta tire „O“ harfini hosil qiladi, shuning uchun „S O S“ nuqta va tirelarning tartibini eslab qolishning odatiy usuliga aylandi. (IWB, VZE, 3B va V7 ekvivalent ketma-ketliklarni hosil qiladi, ammo anʼanaviy ravishda SOS eslab qolish uchun eng osonidir.)

SOS bu alohida Morze kodi hisoblanadi, qisqartma emas. Ammo koʻpincha u ingliz tilidagi „qutqaring“ maʼnosini beruvchi „Save Our Souls“ yoki „Kemamizni qutqaring“ (Save Our Ship) iboralari bilan anglatiladi.[2] Bundan tashqari, favqulodda vaziyatlarda bu koddan foydalanish koʻrsatgichi yuqori boʻlganligi sababli, SOS norasman kriziz yoki biror xarakatga muhtojlikni anglatuvchi sifatida ham ommalashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. U.S. Navy, Bureau of Naval Personnel, Radioman 3 & 2, NAVPERS 10228-B, Washington, D.C.: U.S.G.P.O., 1957, pp. 135, 177, 402.
  2. „S O S“, The Sailors' Magazine and Seamanʼs Friend, October 1915, page 158.

== Manbalar ==