SATOR AREPO TENET OPERA ROTAS

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(SATORdan yoʻnaltirildi)
Sator formulasining soʻzlari gorizontal va vertikal tartibda istalgan yoʻnalishda bir xil oʻqiladi
Opped kommunasidagi eski shahar devorining parchasi (fransuzcha: Oppède)
Rim shahri Korinium (hozirgi Buyuk Britaniya) qazishmalarida topilgan surat.

SATOR AREPO TENET OPERA ROTAS - lotincha soʻzlardan tashkil topgan palindrom boʻlib, odatda kvadrat ichiga joylashtirilgan, oʻngdan chapga, chapdan oʻngga, yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga bir xil oʻqiladigan harflar birikmasidir. Ushbu palindromni koʻpincha nasroniylar bilan bogʻlashadi, undan asosan tumor yohud afsun sifatida foydalanilgan[1]: xususan, Britaniyada uni qogʻoz lentaga yozishib, kasalliklardan himoya sifatida boʻyinga oʻrashgan[2]. SATOR AREPO TENET iborasi bustrofedon — adabiy yodgorliklarda oʻngdan chapga va chapdan oʻngga tartibda oʻqiladigan yozuv usuli hisoblanadi. Agar ushbu gapni oldinga va teskari tartibda ikki marta oʻqilsa, TENET soʻzi takrorlanadi.

Palindrom tasvirlari Rim imperiyasi davridan beri Gʻarbiy Yevropaning turli burchaklarida, shuningdek, Suriya va Misrdagi bir qancha meʼmoriy yodgorliklar va adabiyot namunalarida saqlanib qolgan. Eng qadimgi topilmalar — ikkita oʻyma yozuv — milodiy 79-yilda Vezuviy vulqoni otilishi natijasida vayronaga aylangan qadimgi Rimning Pompey shahri xarobalaridan topilgan[3].

Tarjimasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻp hollarda ushbu palindrom lotin tilidan quyidagicha tarjima qilinadi: sator - ekuvchi, dehqon; arepo - oʻylab topilgan nom yohud arrepo (oʻz navbatida ad repo, yaʼni, men astalik bilan olgʻa ketyapman); tenet - ushlab turish; opera - ish, vazifa; rotas - gʻildirak yohud omoch. Tugallangan shaklda ushbu ibora „Dehqon arepo gʻildiraklarni zoʻrgʻa ushlab turadi“ yoki „Ekuvchi Arepo omochni boshqaradi“ shaklida tarjima qilinadi[4]. Buyuk arxeologik topilmalar haqidagi maqolalari bilan mashhur Germaniyalik jurnalist K. V. Keram oʻz tarjimasini taklif qiladi. Sator arepo tenet; tenet opera rotas, tenet soʻzini ikki marotaba ishlatib: „Buyuk dehqon ishlaydi; barcha ish buyuk ekuvchining qoʻlida“ (inglizcha: The Great Sower holds in his hand all works; all works the Great Sower holds in his hand) shaklida tarjima qiladi[5].


Ushbu ibora tarkibidagi eng sirli soʻz arepo hisoblanib, ushbu soʻz lotin tilida boshqa hech ham ishlatilmagan (Tilshunoslikda gapaks hisoblanadi). Tadqiqotlarning maʼlum qismi ushbu soʻz aynan bir ibora uchungina oʻylab topilganligini aytadi. Boshqa mutaxasislar esa ushbu soʻz boshqa tildan oʻzlashtirilgan degan fikrda. Fransuz tarixchisi va yozuvchisi Jerom Karkopio, arepo soʻzi keltcha, qadimgi gall tilidan kelib chiqqan va omoch degan maʼnoni anglatishi haqida gipotezani ilgari surgan[6].

Oksford universitetining fuqarolik huquqi sohasidagi professori David Daub fikricha ushbu soʻz qadimgi ivrit yoki oromiy tilidan kelib chiqqan boʻlib, dastlabki nasroniylar tomonidan yunon alifbosidagi alfa va omeganing analogi sifatida ishlatilgan[7]. Miroslav Markovich esa ushbu soʻzning yunoncha Αρπως yoki Αρπων soʻzlaridan olinganligini, bu esa oʻz navbatida qadimgi Misr tilidan kelib chiqgani va Misr xudosi Xorni ifodalashini aytib oʻtadi[8].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kapestrano kommunasidagi (Italiya) avliyo Pyotr abbatligi.

Ilk oʻrta asrlarga qadar ushbu iboradan foydalanilgan bir nechta topilmalar saqlab qolingan xolos. Ularning dastlabki ikkitasi freskalar shaklida (birinchisi ustunda, ikkinchisi mahalliy amaldor hovlisida) qadimgi Pompey shahrida olib borilgan qazishmalar natijasida aniqlangan[9]. Mutaxasislar fikricha, ushbu freskalar milodiy 50-79-yillar oraligʻida yaratilgan[10].

Ushbu palindromning boshqa toʻrt tasviri qadimgi Dura-Evropos shahri (hozirgi Suriya hududi) harobalarida joylashgan Arrakontaga bagʻishlangan bino relyefida koʻrishimiz mumkin. Ushbu yozuvlar shahar 256-yilda forslar tomonida egallanishidan oldin yaratilgan. III asrga oid huddi shunday topilma Obuda yerlaridan, zamonaviy Budapesht hududidan topilgan. Ushbu iboraning yana bir namunasi, kopt tiliga mos ravishda oʻzgartirish kiritilgan papirusdagi yozuv Yuqori Misr hududidan topilgan. Ushbu topilmaning yaratilishi taxminan IV yoki V asrlarga toʻgʻri keladi[11].

Taxminan IX asrdan boshlab ushbu palindrom soʻzlar yozilgan kvadrat qabrtoshlari asosan nasroniylik dini bilan bogʻliq koʻplab manbalarda uchraydi. Bizning kunlargacha saqlanib qolgan hujjatlar qatoriga Sen-Jermen-de-Pre abbatligidan topilgan IX asrga oid Injil, XIV asrga oid Avstriya tangalari va Tampliyerlar ordeni tomonidan foydalanilgan binolardagi toshlarga oʻyib yozilgan yozuvlar (Italiyada joylashgan Vasvilsiolo abbatligi devorida) kiradi. XVI asrda ushbu ibora fransuz faylasufi va iezuit Giyom Postelning sehrli beshburchak nomi ostida tanilgan talismanida paydo boʻladi. Unda kvadrat tasviri aylana ichhida joylashgan va ikkita kesishgan uchburchak ustida joylashgan hisoblanadi. XIX asrga qadar sehrli kvadrat koʻpincha talisman va tumorlarda iqoʻllanilgan[12].

Sanʼat asarlarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sehrli kvadrat avstriyalik bastakor va dirijor Anton Veberning qabrida tasvirlangan. Yangi Vena maktabining mashhur vakili ushbu sirli shaklga „Toʻqqiz cholgʻu uchun konsert, 24-operasi[13]“ va „Yangi musiqaga yoʻl[14]“ asarlarida murojaat qiladi.
  • „SATOR AREPO TENET OPERA ROTAS“ iborasi „Singing family“ ansambli tomonidan Vladimir Bortkoning „Usta va Margarita“ teleserialidagi qora kuchlar qismida (Igor Kornelyuk musiqasi) yangraydi (2005). Shuningdek „SATOR AREPO TENET“ soʻzlari satirlar tomonidan Margaritaning yuz qirollar bali oldidan qirolichaga aylanganida yangraydi.
  • SATOR ROTAS palindromining maʼnosining afsungar Merlin (Mirddin) tomonidan tushuntirib berilishi Nikolay Tolstoy qalammiga mansub „Qirolning kelishi“ romanining X bobining yakuni bagʻishlangan[15].
  • Palindrom va undagi soʻzlar Christopher Nolanning „Tenet“ filmida foydalanilgan.
  • Heilung neofolk guruhi ushbu iborani oʻzining „Drift“ albomidagi „Tenet“ qoʻshigʻida asosiy qism sifatida foydalanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lea Olsan. Latin Charms of Medieval England: Verbal Healing in a Christian Oral Tradition // Andoza:Нп3. — 1992. — Vol. 7. — P. 116—142. Архивировано 4 iyul 2010 года.(ingl.)
  2. Thomas Rogers Forbes. Verbal charms in British Folk Medicine // Andoza:Нп3. — 1971. — Vol. 115. — P. 298.(ingl.)
  3. Duncan Fishwick. An Early Christian Cryptogram? // CCHA, Report. — 1959. — Vol. 26. — P. 29—41. Архивировано 2 avgust 2010 года.(ingl.)
  4. Duncan Fishwick. An Early Christian Cryptogram? // CCHA, Report. — 1959. — Vol. 26. — P. 29—41. Архивировано 2 avgust 2010 года.(ingl.)
  5. C. W. Ceram.. . ISBN 0394435281. (ingl.)
  6. Jérôme Carcopino.. Les Fouilles de Saint-Pierre et la Tradition. Le Christianisme secret du 'Carré magique'. Nouvelle édition revue et augmentée. Coll. 'Etudes d'Histoire Chrétienne'. Paris: Albin Michel, 1963. (frans.)
  7. David Daube. Arepo in the `Sator' Square // Andoza:Нп3. — Vol. 62. — P. 316.(ingl.)
  8. Miroslav Marcovich.. Studies in Graeco-Roman religions and Gnosticism. Brill Academic Publishers, 1989 — 40—41 bet. ISBN 9004086242. (ingl.)
  9. Duncan Fishwick. An Early Christian Cryptogram? // CCHA, Report. — 1959. — Vol. 26. — P. 29—41. Архивировано 2 avgust 2010 года.(ingl.)
  10. — 755—756 bet. ISBN 9004169679. (ingl.)
  11. Duncan Fishwick. An Early Christian Cryptogram? // CCHA, Report. — 1959. — Vol. 26. — P. 29—41. Архивировано 2 avgust 2010 года.(ingl.)
  12. Carlos Pérez-Rubín. The sunken ruins of Pompeii and an age-old enigmatic specimen of roman incidental Epigraphy // Documenta & Instrumenta. — 2004. — Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. Архивировано 7 avgust 2009 года.(isp.)(ingl.)
  13. „Антон Веберн. Концерт для девяти инструментов, ор. 24 (1934)“. Композиторы от А до Я. Центр современной музыки при МГК имени П. И. Чайковского. 2012-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 29-sentyabr.
  14. Филип Гершкович „Тональные основы Шенберговой додекафонии“,. Статьи. Заметки. Письма. Воспоминания. М.: Советский композитор, 1991. 
  15. „Николай Толстой. «Пришествие Короля», глава X «Нисхождение Мирддина в бездну Аннона»“ (deadlink). 2009-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 8-oktyabr.