Gallat kislota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(S7n^o5dan yoʻnaltirildi)

Gallat kislota, C6H2(OH)3COOH - 3,4,5-trioksibenzoat kislota, yorugʻlik taʼsirida qorayadigan rangsiz kristall modda. Mol. m. 170,11; suyuqlanish temperaturasi 220° (beqaror modifikatsiya), 240° (barqaror modifikatsiya, ajralish bilan). Spirtda, qaynoq suvda yaxshi, sovuq suvda, efirda oz eriydi; uch valentli temir tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, koʻk-qora tusga kiradi. Choy, dub poʻstlogʻi va b. oshlovchi moddali oʻsimliklar tarkibida bor. Tanninlarni fermentlar yordamida parchalab olinadi. Boʻyoq, pirogallol, dori, qora siyoh i.ch.da qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil