Ruhoniylik unvonini berish marosimi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ruhoniylik unvonini berish marosimi (rukopolojeniye) - xristianlikda sirli marosimlardan sanaladi. Bu marosim yunonchada xirotoniya (yun. “xir” - qo‘l va “tefimi” - qo‘yaman) deb nomlanadi. Ushbu sirli marosim nafaqat ruhoniylik martabasini berish marosimi, balki, xristinalikdagi cherkov iyerarxiyasining yuqori rutbalariga ko‘tarilish marosimi ham hisoblanadi. Ruhoniylik to‘grisidagi ko‘rsatmalar xristianlikning muqaddas manbasi - “Qadimgi Ahd” kitobida keltirilgan (Isx. 28, 1-41).Ushbu sirli marosim belgilangan sinovlardan o‘tib ruhoniylik rutbasini qabul qilmoqchi bo‘lgan inson boshiga yepiskop maxsus duo va ibodat matnlaridan o‘qigan holda qo‘l tekkizishi orqali bajariladi. Marosim orqali inson “Muqaddas Ruh”ning alohida marhamatiga sazovor bo‘ladi. Shundan so‘ng unga xudo bilan odamlar o‘rtasidagi vositachilik qilish huquqi beriladi. Shu kundan boshlab u xuddi Iso Masihga uning havoriylari xizmat qilganidek o‘z zimmasiga Xudo va odamlar orasida vositachi bo‘lib xizmat qilish majburiyatini oladi. Ma’lumki, xristianlik dinida ruhoniylik unvonlari - dyakonat, iyerey, arxiyerey kabi uch turli darajaga ega[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 334.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.