Kontent qismiga oʻtish

Rudolf Vrba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rudolf Vrba
Tavalludi
Walter Rosenberg

11-sentyabr 1924-yil
Vafoti 27-mart 2006-yil(2006-03-27)
(81 yoshda)
Vancouver, Kanada
Fuqaroligi Britaniya (1966), Kanada (1972)
Kasbi Farmokolog, Biokimyogar
Turmush oʻrtogʻi
Gerta Vrbová (turm. 1947)

Robin Vrba (turm. 1975)
Bolalari 2

Rudolf Vrba (1924-yil 11-sentyabr – 2006-yil 27-mart) – slovak-yahudiy biokimyogari. 1942-yilda oʻsmirlik chogʻida Germaniya tomonidan bosib olingan Polshadagi Osvensim konslageriga surgun qilingan. 1944-yil aprel oyida, Holokost avjiga chiqqan paytda lagerdan qochib ketadi va u yerda sodir bo'lgan ommaviy qotillik haqida batafsil ma'ruza - Vrba-Wetzler hisobotini yozadi[1]. Shveytsariyada Jorj Mantello tomonidan tarqatilgan hisobot 1944-yil iyul oyida Vengriya yahudiylarining Osvensimga ommaviy deportatsiyasini to'xtatib, 200 000 dan ortiq odamning hayotini saqlab qolganligi tasdiqlangan. Urushdan keyin Vrba biokimyogar bo'lib o'qidi va asosan Angliya va Kanadada ishlagan[2].

Nemis qo'shinlari Vengriyaga bostirib kirganidan uch hafta o'tib Vengriya aholisini ommaviy lagerga surgun qilinishi boshlangan. Vrba va uning hamkori Alfréd Wetzler Auschwitzdan qochib ketishga ulgurgan. Ularning 1944-yil 24-aprelda Slovakiyaga kelgan yahudiy amaldorga taqdim etgan ma'lumotlari Vrba–Wetzler hisoboti sifatida tanilgan[3]. 1944-yilda hisobot kechikishlar bilan New York Herald Tribune tomonidan chop etilgan va u AQSh tomonidan chiqarilgan eng daxshatli hujjat deya ta'riflangan[4]. Unda polshalik va boshqa qochqinlardan olingan ma'lumotlar ham tasdiqlangan. Miroslav Kárný bu hujjatni uzluksiz tavsilotlari bilan noyob ekanligini yozgan[5].

Hisobot Hukumat e'tiborini jalb qilishigacha ancha vaqt kerak bo'lgan. Uning omma orasida keng tarqalishi uchun ham bir nechta hafta sarflangan. 1944-yilda Vnegriyalik yahudiylarni Auschwitzga tashish kuniga 12000 kishini tashkil qilgan[6]. Ko'pchilikni to'g'ridan to'g'ri gaz kameralariga yuborishgan. Vrba bu borada deportatsiya qilinganlar orasida poyezdga chiqishdan bosh tortganlar bo'lishi mumkinligi va hisobot ularga ham yetib borganda transportni buzishi ham mumkinligini takidlab o'tgan[7].

1944-yil iyun-iyul oylarida Vrba-Vetzler hisoboti Qo'shma Shtatlar, Yevropa, Shveytsariya kabi mamlakatlarda tarqalib boshladi, gazeta va radio orqali ma'lum qilindi. Bu habar dunyo mamlakatlarini deportatsiyani to'xtatish uchun murojjat qilish va yordam berishga undadi[8]. 2-iyunda Amerika va Britaniya harbiy kuchlari tomonidan Budapesht bombardimon qilindi. 6-iyulda Horthy deportatsiyalarni to'xtatishga e'lon berdi[9]. Bu vaqtda 434 000 dan ortiq yahudiy 147 ta poyezga deportatsiya qilinayotgan edi. Bu qaror orqali Budapeshtda 200 000 kishi hayoti qutqarib qolindi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hilberg 2003b, 1213.
  2. Ritchie, Méabh (22 January 2015). "The man who revealed the horror of Auschwitz to the world". The Daily Telegraph.
  3. Świebocki 2002, 24–42, 169–274.
  4. „1944: German Atrocities: In our pages 100, 75 and 50 years ago“. International Herald Tribune (1944-yil 26-noyabr).
  5. Kárný 1998, 554.
  6. Kranzler 2000, 104.
  7. Vrba 2002, 279–282; Braham 2016b, 985, note 69.
  8. Fleming 2014, 238–246.
  9. Braham 2016b, 1028–1029.