Rossini Joakkino Antonio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rossini Joakkino Antonio (1732.29.2, Italiyadagi Pezaro sh. — 1868.13.11, Passi, Parij yaqinida) — italyan kompozitori. 14 yoshidan ijod bilan shugʻullangan. Uning kompozitorlik faoliyati 19-a. italyan mumtoz operasi rivojini boshlab berdi. U 39 ta opera, diniy mavzudagi asarlar, simfoniya, kamercholgʻu pyesalar, romanslar va boshqa asarlar yaratgan. Ijodiy uslubi rang-barang , oʻziga xos kuylar boyligi, musiqiy obrazlar yorqinligi bilan ajralib turadi. Buff operattg yuksak namunasi — "Sevilya sartaroshi" (1816)da R.ning musiqaviy komediyaga xos isteʼdodi toʻla namoyon boʻldi. "Tankred" (1813), "Otello" (1816), "Oʻgʻri hakka" (1817), "Vilgelm Tell" (1829) operalarida oʻz xalqining qahramonlik, vatanparvarlik, romantik intilishlari yorqin ifodasini topgan. Italiya operasi anʼanalariga rioya qilib, Sharq mavzulariga ekzotik, baʼzan oriyental uslublarda yondashgan va "Italyan qizi Jazoirda" (1813), "Turk Italiyada" (1814) kabi hajviy, "Moisey Misrda" (1818), "MagomedP" (1820) singari jiddiy (seria) operalar ham yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil