Kontent qismiga oʻtish

Robita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ROBITA („aloqa“, „rishta“) — Sharqdagi tasavvufga xos bo‘lgan istiloh. Murid bilan uning piri (murshid) yoki avliyo (valiy) o‘rtasida paydo bo‘ladigan ruhiy aloqa. Muridning butun fikri-zikrini murshid qiyofasiga jamlashi, u bilan muloqotga kirishi va o‘zligini unda qo‘shilib ketishi bilan erishiladi. Naqshbandiylik va qodiriya tariqatlarining ayrim risolalarida Robita zikrdan afzal sanalgan.

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI © „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004