Kontent qismiga oʻtish

Roʻyandoshlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ro‘yandoshlardan yoʻnaltirildi)

Roʻyandoshlar (Rubiaceae) — ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub daraxt, buta va lianalardan iborat oʻsimliklar oilasi. Bargi qarama-qarshi. Guli ikki jinsli, toʻgʻri (aktinomorf), baʼzan zigomorf. Mevasi koʻsakcha yoki rezavor. Yer yuzida 500 ga yaqin turkumi (6500 ga yaqin turi) bor. Deyarli hamma qitʼalarda, ayniqsa, tropik va subtropik hududlarda koʻp uchraydi. Oʻzbekistonda 8 turkumga mansub 45 turi usadi. Dorivor, ovqatbop, manzarali va boshqa turlari bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil