Rizqi Rajabiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rizqi Rajabiy (1887 — Toshkent — 1977.20.7) — sozanda (tanbur), oʻzbek musiqa ijrochilik sanʼatining yirik namoyandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1940). Yunus Rajabiyning akasi. Toshkent musiqa texnikumini tugatgan (1923). Samarqand musiqa bilim yurtida oʻqituvchi va viloyat musiqali teatrida sozanda (1924— 27). Oʻzbekiston radioqoʻmitasi huzuridagi Xalq musiqa cholgʻulari ansamblida sozanda, konsertmeyster (1927—42). Toshkent musiqa texniku mida (1930—39), Toshkent konservatoriyasida (1972—77) oʻqituvchi. Ijro uslubi noxun zarblarini hamda musiqa bezak (nolish, sayqal)larini kuy harakteri va mazmuniga moslab ishlatishi bilan ajralib turadi. Repertuaridan maqom yoʻllari (Tasnifi va Samoy Dugoh, GulyorShahnoz, Garduni va Ufari Segoh va boshqalar) hamda mumtoz cholgʻu kuylari (Miskin, Nasrulloyi, Tanavor, Munojot, Abdurahmonbegi, Girya, Suvora kabi) oʻrin olgan. Sanʼatshunoslik i.t. institutida 200 dan ortiq, Oʻzbekiston radiosi va Toshkent grammyozuvlar studiyalarida R. R. ijrosida 100 ga yaqin kuy yozib olingan. U bir necha ashula ("Soralar", "Yashnasin", "Yorugʻlik", "Ovoraman", "Tantana", "Oftobim") va kuy ("Chaqir", "Olgʻa", "Uxlasin")lar muallifi. Akbar Haydarov, Mahmud Yunusov, Orif Qosimov va boshqa uning shogirdlaridir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Rajabiy, Hasan. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil