Kontent qismiga oʻtish

Rinolaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rinolaliya (grekcha: rhinoslalia – „rhinos“ burun, „lalia“ nutq) — burunli nutq tushunchasini anglatadi. Rinolaliya bu-nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzidagi buzilishdir. Rinolaliyada tovushlar artikulyatsiyasi, fonatsiya, tovush hosil boʻlish mexanizmlari jiddiy ravishda normadan chetga chiqadi. Normal fonatsiya boʻlganda kishida burun tovushlaridan tashqari nutqdagi boshqa tovushlarni talaffuz qilish vaqtida burun-halqum va burun boʻshligʻining boʻgʻiz va ogʻiz boʻshligʻidan ajralish roʻy beradi.

Tanglay yoriqligi

Oʻrganish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rinolaliya boʻyicha dastlabki ilmiy ishlar shifokorlar tomonidan yozilgan. Ularning tanglaydagi oʻzgarishni toʻliq tiklashga eʼtibor berganlar va qayta hosil qilingan tanglay pardasi yetarli darajada uzun va harakatchan boʻlishi nutqdagi manqalikni yoʻqotishga imkoniyat yaratadi yoki uni bartaraf qiladi deb qarashgan. N. I. Pirogov (1844), N. V. Voronsovskiy (1875), P. Subbotin (1895), M. I. Paykin (1996) oʻzlarining ishlarida operativ tadbirlar taʼsirida tanglay oʻlchami oʻzgarishi manqalanishga sabab boʻladigan omillarni oʻrganishgan. N. I. Pirogovning shogirdi N. V. Voronsovskiy 1870-yilda normal nutqni tiklash yoʻlida uranoplastika qilish orqali ham manqalanish saqlanib qolsa, buning sababini uraplastikadan keyin yumshoq tanglay harakatchanligini toʻliq taʼminlamaslikdan deb biladi.[1] Fransuz yoʻnalishi ayrim metodistlar bilan birga rus olimlari (F. A. Rau, Ye. F. Rau, Z. G. Nelyubova, T. N. Voronsova, A. G. lppalitova va boshqalar) tomonidan rivojlantirildi. Bu ishlarda rinolaliyada logopedik yordamni operatsiyagacha va operatsiyadan keyin oʻtkazish zarurligi taʼkidlangan. Lekin koʻpincha operatsiyadan keyingi ishga juda katta urgʻu berilib, juda ehtiyotkorlik bilan operatsiyagacha boʻlgan davrda mashgʻulotlarni oʻtkazish zaruruligi ta kidlanadi.

1931—yilda F. A.Rauning „Tugʻma tanglay yoriqliklarda operatsiyagacha logoterapevtik mashqlar“ maqolasi eʼIon qilindi. Bu maqolada operatsiyagacha boʻlgan davrda talaffuzni tarbiyalash boʻyicha mashgʻulot qabul qilingan metodikaga qarab oʻtkazish talab qilinadi. F. A. Rau operatsiyagacha boʻlgan davrda artikulyatsiya aʼzolarini toʻgʻri chiniqtirilmasa, notoʻgʻri chiniqtirilgan harakatlar esa operatsiyadan keyin logopedik ishni qiyinlashtiradigan fikri bayon qilgan.1933-yilda Ye. F. Rau „Manqalanishning turli xil koʻrinishlarida nutqni to ‘gʻrilash boʻyicha amaliy boshqaruv“ kitobi chiqdi. Bu ilmiy ishda 11 mashgʻulotdan iborat ish metodikasi bayon qilindi. Ishda burun qanotlarini berkitib, qisib to‘g‘ri talaffuzni tarbiyalash prinsipining qoʻllanishi bilan oʻtkaziladigan logopedik mashgʻulotlarning qisqacha izchilligini yoritib berishga harakat qilinadi. 1938-yiIda Z. G. Nelyubovaning „Talaffuz buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar“ kitobi chiqarildi. Kitobda bemor bilan o ‘tkaziladigan ishning 8 boʻlimi, tugʻma tanglay yorugʻliklarida nutqni tarbiyalash usullari bayon qilingan edi. 1933-yilda Ye. F. Rau „Manqalanishning turli xil koʻrinishlarida nutqni toʻgʻrilash bo'yicha amaliy boshqaruv“ kitobi chiqdi. Bu ilmiy ishda 11 mashgʻulotdan iborat ish metodikasi bayon qilindi. Ishda burun qanotlarini berkitib, qisib toʻgʻri talaffuzni tarbiyalash prinsipining qoʻllanishi bilan oʻtkaziladigan logopedik mashgʻulotlarning qisqacha izchilligini yoritib berishga harakat qilinadi.

Nuqsonning kelib chiqish sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tugʻma rinolaliyaning sabablari; onaning homiladorlik davrining dastlabki uch oyligida yaʼni homilaning aynan yuz qismi shakllanayotgan davrida turli infeksion kasalliklar yoki kuchli shamollashi, moddalar almashinuvining yaxshi kechmasligi, turli infeksion kasalliklar yoki kuchli shamollashi, moddalar almashinuvining yaxshi kechmasligi, turli moddalar yetishmasligi, rezus omilning toʻgʻri kelmasligi, homiladorlik paytida turli virusli kasalliklar gepatit, qizilcha, qizamiq, suvchechak, koʻk yoʻtal, tepki va boshqalar bunga sabab boʻladi[2].

Orttirilgan ochiq rinolaliya esa bola tugʻilgandan soʻng dastlabki yoshlarida yaʼni erta bolalik davrida kuchli shamollashlar, yuqumli kasalliklardan qizamiq, qizilcha, tepki, suvchechak, yoki boʻlmasam difteriya, adenoidlar, papilloma, papilamatozlarning rivojlanishi, turli baxtsiz hodisalardan yuzaga kelgan har xil jarohatlar misol boʻladi[3].

Belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bunday turdagi nuqsonga ega boʻlgan shaxslarda nutqni tushunmaslik holati uchraydi. Ogʻiz boʻshligʻida tilning nuqsonli holati natijasida undosh tovushlar til uchi holatining oʻzgarishi va yuz muskullarining ortiqcha faollashuvi kuzatiladi. Til uchi holatini oʻzgarishlar davomiy boʻlib, maʼlum bir tovushlarning artikulatsiyasi bilan bogʻliq boʻladi boʻladi. Bemorlar uchun bir qancha undosh tovushlarni talaffuz qilishda qiyinchiliklar boʻladi yaʼni L, T, Ch, J tovushlarida. Bu kabi tovushlarni talaffuz qilishda yuqori tish alveolyar oldida toʻsiqni paydo qilgan holatda talaffuz qilishda talab qilinadi. Rinolalik shaxslar esa bu holatni bajara olishmaydi. Rinolalik nutqning tinglovchi uchun umumiy holat-burun ottenkasi hirillashgan boʻladi. Baʼzida rinolaliklarning nutqidagi artikulimlar normaga juda yaqin boʻladi lekin bu holat tinglovchi tomonidan nuqsonli deb idrok etilib shu sababli Rinolaliyada nutqiy talaffuz yaʼni tovushlar talaffuzi turgʻun buzilgan boʻladi. Bu turdagi nuqsonga ega shaxslarda psixik buzilishlar ham kuzatiladi, yaʼni uyalish, taʼsirlanish, odamlarga qoʻshilmaslik, shaxslararo munosabatlarning uzilishi kabi kamchiliklar kuzatiladi[4].

Rinolaliya turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rinolaliyani quyidagi turlari mavjud

  • Ochiq rinolaliya
  • Yopiq rinolaliya
  • Aralash rinolaliya

Ochiq rinolaliya-ogʻiz boʻshligʻida hosil boʻluvchi tovushlar dimogʻda talaffuz qilinadi. Ochiq rinolaliyaniing ikki turi boʻlib: organik va funksional. Organik ochiq rinolaliyaning oʻzi ham ikkita formaga ajratiladi, tugʻma va orttirilgan. Funksional ochiq rinolaliya- bolalarda ovozning hosil boʻlishida yumshoq tanglayning harakatining sustligi, asab kasalliklari, adenoitlar olib tashlangandan soʻngi holatlar, difteriya va boshqa holatlar natijasida yuzaga keladi. Eshitish funksiyasining buzilishi, qulogʻi yaxshi eshitmaydigan bolalarda oʻz nutqini nazorat qilolmaslik duduqlanuvchilarda ogʻiz boʻshligʻidagi oʻzgarishlar tufayli yumshoq tanglayni koʻtara olmasligi ham funksional rinolaliyaga sabab boʻladi.

Yopiq rinolaliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yopiq rinolaliya nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida fiziologik burun rezonasining pasayishi natijasida yuzaga keladi. Ularning belgilari doim ogʻzi ochiqlik. Yopiq rinolaliya ham 2 turga: tugʻma va orttirilgan. Yopiq rinolaliyaning ikkita shakli organik va funksionalga ajratiladi. Organik xiliga: tomoq, burun-halqum boʻshligʻI, burun boʻshligʻidagi turli xil oʻsimtalar sabab boʻladi.

Funksional yopiq rinolaliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Funksional yopiq rinolaliya esa bolalarda koʻp uchrab turadi. Bunda burun boʻshligʻining yaxshi oʻtkazuvchanligida va burundan nafas olish buzilmagan holda kuzatiladi. Bunda burun tembri va unli tovushlar talaffuzi qoʻpol buzilgan boʻladi. Yopiq rinolaliyani M. Zeeman ham oʻz navbatida ikkita formasini farqlaydi bular; oldingi yopiq va orqa yopiq rinolaliya. Oldingi yopiq rinolaliya: burun devorining qiyshiqligi, burun boʻshligʻidagi oʻsmalar papilomalar, papilamatozlar natijasida yuzaga keladi. Orqa yopiq rinolaliy burun-halqum yoʻlida poliplarning, fibroma, adenoitlarning koʻpayib ketishi natijasida yuzaga keladi.

Aralash rinolaliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aralash rinolaliyada burun rezonasining patologik kamayganlik holatida havoning burundan chiqib ketish kuzatiladi. Rinolaliyaning bu shakli juda ogʻir boʻlib bunda rinolaliyaning ham ochiq ham yopiq holati birgalikda kelgan holda kuzatiladi. Yaʼni bunda burun yoʻli toʻsilib qolgan, ham tanglay-halqum pardasida ham yetishmovchiliklar yuzaga keladi. Aralash rinolaliya ham organik va funksional xillari bor. Organik turiga yumshoq tanglayning kaltaligi yoki falajligi sabab boʻladi. Funksional turida tanglay-halqum yorigʻining funksiyasi oʻzgarishi natijasida burun yoʻlining toʻsilib qolishi kuzatiladi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rinolaliyani davolashda bolaning individual xususiyatidan kelib chiqqan holda qaysi bir kamchilik ovoz tembrini koʻproq buzib manqalikka koʻproq sabab boʻlayotganini aniqlash kerak. Bu turdagi nuqsonli bolalarni nutqiy, jismoniy ham ruhiy tarafdan birgalikda rivojlantirib borish qiyin kechadi. Rinolaliklarda dastlab logopedik ishni unli tovushlarni nutqqa qoʻyishdan boshlanadi. Soʻngra yumshoq tanglay harakatchanligini rivojlantirish bilan birgalikda boshqatovushlar qoʻshib boriladi. Moʻrash imitatsiyasidan ham keng foydalaniladi. Bunday turdagi bolalar bilan individual ishlashning ahamiyati katta

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. https://newjournal.org/index.php/01/article/view/10692/10361
  2. https://en.wikipedia.org/wiki/Velopharyngeal_inadequacy
  3. https://kitobxon.com/oz/kitob/logopediya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ayupova, Mukaram. {{{title}}}. Toshkent: 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2007-yil — 106-117 bet. ISBN 9 7 8 - 9 9 4 3 - 3 1 9 - 4 1 - 7. 2-iyun 2024-yilda qaraldi. 
  2. Kummer, A. W. Resonance disorders and nasal emission: Evaluation and treatment using „low tech“ and „no tech“ procedures. (Wayback Machine saytida 2009-01-18 sanasida arxivlangan) The ASHA Leader (2006 Feb 7) 11(2), pp. 4, 26.
  3. Biavati, Michael J.; Sie, Kathleen; Wiet, Gregory J. (2 September 2011). "Velopharyngeal Insufficiency". Medscape Reference (WebMD LLC). http://emedicine.medscape.com/article/873018-overview#a0101. 
  4. „Spraak en taal“ [Speech and Language] (nl). Nederlandse Vereniging voor Schisis en Craniofaciale Afwijkingen.