Rezina oʻrdak metodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dasturdagi xatoliklarni to'g'irlash uchun ishlatilgan rezina o'rdak

Dasturiy ta'minot muhandisligida, rezina o'rdak metodi (ingl. rubberducking) - bu og'zaki yoki yozma tilda muammoni qayta ifodalash orqali koddagi muammoni tuzatish usuli. Ushbu atama "Pragmatik dasturchi" kitobidagi hikoyadan olingan bo'lib, unda dasturchi rezina o'rdakni olib, undan koddagi har bir satrni izohlab berishni so'raydi.[1] [2]

Yondashuv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ko'pgina dasturchilar muammoni boshqalarga, ehtimol, hatto dasturlash haqida tarjibasi yo'q shaxslarga tushuntirishgan va keyin muammoni tushuntirish jarayonida yechimiga duch kelishgan. Kodning nima qilishi kerakligini tasvirlab, uning aslida nima qilayotganini kuzatishda, bu ikkalasi o'rtasidagi har qanday xatoliklar ko'rinadi.[3][4] Ushbu jarayonda jonsiz o'yinchoqdan foydalangan holda dasturchi boshqa hech kimni aralashtirmasdan va tinglovchilarsiz, o'z-o'zilariga gapirib berish orqali yaxshiroq natijalarga erishganlar.[5][6] Ushbu yondashuv kompyuter fanlari va dasturiy ta'minot muhandisligi kurslarida o'qitiladi.[7][5]

Zamonaviy olamda[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 1-aprel kuni Stack Exchange o'z veb-saytida Quak Overflow nomli yangi "xusisyatlar" sifatida Kulgi kunida hazil sifatida rezina o'rdak avatarini namoyish etdi. Brauzer sahifasining o'ng-pastgi burchagida paydo bo'ldi va tashrif buyuruvchilariga dasturlash muammolarini tinglab, ularga yechimlar bilan javob berish orqali yordam berishga harakat qildi. Biroq, o'rdakcha shunchaki bir necha marta yozishdan keyin "quack, quack, quack" tovushini chiqardi.[8]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hunt, Andrew. The Pragmatic Programmer: From Journeyman to Master. Addison Wesley, 1999. ISBN 978-0201616224.  p. 95, footnote.
  2. Debugging. „Rubber Duck Debugging“. rubberduckdebugging.com. Qaraldi: 2023-yil 14-sentyabr.
  3. Baker, SJ, The Contribution of the Cardboard Cutout Dog to Software Reliability and Maintainability.
  4. Hayes. „The Psychology Underlying the Power of Rubber Duck Debugging“. Press Up via Internet Archive (2014-yil 25-iyun). 2014-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 Malan. „Rubber Duck Debugging in CS50 IDE“. noticeable.news (2020).
  6. Attwood. „Rubber Duck Problem Solving“. codinghorror.com (2012).
  7. Attwood, Jeff „Rubber Duck Problem Solving“. codinghorror.com (2012).
  8. „Stack Exchange has been taken over by a rubber duck!“. Meta Stack Exchange (2018-yil 31-mart). Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]