Respublika taʼlim markazi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Respublika taʼlim markazi — 1988-yil 13-dekabrda „Respublika Oʻquv-metodika markazi“ sifatida tashkil topgan.[1] 1995-yildan boshlab „Respublika Oʻquv-metodika markazi“ „Respublika Taʼlim ilmiy-metodika markazi“ deb yuritilgan. 1996-yildan beri esa „Respublika taʼlim markazi“ deb nomlanadi.[2]

Respublika ta'lim markazi
Qisqartma RTM
Turi Davlat idorasi
Maqomi Vazirlik qoshidagi davlat idorasi
Ishga tushgan sanasi 1988-yil
Joylashuvi Toshkent, Shayxontohur tumani, Navoiy koʻchasi, 2a
Direktor Shuhrat Sattorov
Vebsayti rtm.uzedu.uz
Til(lar)i Oʻzbek

Respublika taʼlim markazi 2004-yilda Xalq taʼlimi vazirligining 10-dekabrdagi 261-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Nizom asosida taʼlim muassasalarining metodik taʼminotini amalga oshiruvchi Davlat metodik tashkiloti hisoblangan[3]. 2020-yilning 16-iyunidan Respublika taʼlim markazi direktori[4] lavozimiga Shuhrat Sattorov tayinlandi.[5] 2021-yil 26-fevralda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 108-son qarori bilan Respublika taʼlim markaziga darslik va metodik qo‘llanmalar yaratish belgilangan.[6]

Respublika taʼlim markazining vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Respublika taʼlim markazi umumiy oʻrta taʼlimning o‘qitish standartlarini ishlab chiqadi.
  • Vazirlik buyurtmasiga asosan tuzuvchilarni tanlaydi hamda qo‘llanma va darslik yaratishning yagona maketlarini ishlab chiqadi.
  • Respublika taʼlim markazi yaratilgan darslik va metodik qoʻllanmalarni ekspertizadan oʻtkazadi, qoʻllash boʻyicha xulosa beradi.
  • Oʻquv rejasi, dasturlari, yaratilgan darsliklar va metodik qoʻllanmalarni tajriba-sinovdan oʻtkazish ishlariga rahbarlik qiladi.
  • Fanlarni oʻqitish metodikasi va oʻquvchilar bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqadi.
  • Taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʻqitishning fanlararo yondashuvini joriy qiladi va bu boradagi ijobiy tajribani umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ommalashtiradi.
  • Oʻquv-tarbiya jarayoniga „STEAM“ fanlarini oʻqitish boʻyicha maqbul metodikalarni joriy etadi. Tahririyat mutaxassisi bilan bogʻlanib yangi oʻquv yilidan joriy etilayotgan  darsliklar Respublika taʼlim markazi mutaxassislari tomonidan tayyorlanmaganiligi va yangi darsliklar haqida maʼlumot boʻlmagani bois mualliflar va markaz metodistlari koʻrsatuvda ishtirok eta olmasliklari tushuntirildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Veb-sayt (Wayback Machine saytida 2023-02-03 sanasida arxivlangan)

Instagram

Telegram