Renate Brümmer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Renate Brümmer
Tavalludi
Renate Luise Brümmer

4-may 1955-yil (1955-05-04) (68 yosh)
Fuqaroligi Germaniya
Kasbi Olim, kosmonavt
Millati German
Kosmik karyera
Missiyalar STS-55
Isteʼfo 6-may, 1993-yil(1993-05-06)

Renate Brümmer (talaffuzi: Renate Bruemmer 1955-yil 4-mayda tugʻilgan) nemis meteorologi va sobiq astronavt [1]. U 1987-yilda astronavt sifatida tanlangan va 1993-yilda nafaqaga chiqqan.

Erta hayot va ta'lim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brümmer 1981-yilda Myunxen universitetida matematika va fizika fanlari magistri darajasini olgan. 1986-yilda Mayami universitetida meteorologiya va fizik okeanografiya boʻyicha doktorlik darajasini yoqlagan[1][2].

U dastavval maktab o‘qituvchisi bo‘lgan va o‘rta maktabda matematika va fizika fanlaridan dars bergan. U shuningdek, shaxsiy uchuvchi guvohnomasiga ega bo'lgan[3].

Kosmik karer[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Nemis aerokosmik markazi 1983 va 1985-yillarda Ulf Merboldning muvaffaqiyatli parvozlaridan so'ng Spacelab D2 missiyalari uchun astronavt nemis olimlarini tanlashi kerak edi; Bu tanlov falokatidan keyin 1987-yilgacha qoldirildi[3]. Astronavtlarni tanlash uchun 1986-yilda tanlov o'tkazildi va 1400 kishi ariza topshirdi; ulardan 20% ayollar edi[4]. Brümmer 1987-yil 3-avgustda nemis kosmonavtlar jamoasiga tanlangan besh kishidan biri edi[3]. Tanlanganlardan ikkitasi ayollar bo'lib, ular Germaniyaning birinchi ayol astronavtlari Brümmer va Heike Walpot[3][5] edi.

Brümmer 1990-yilga kelib nemis jamoasining qolgan a'zolari bilan asosiy mashg'ulotlarni yakunladi. So'ngra Yevropa va Qo'shma Shtatlar bo'ylab missiyaga oid keyingi mashg'ulotlarni o'tkazdi. NASA STS-55 missiyasi uchun ekipaj 1992-yil boshida tanlangan, ular orasida Brümmer va Gerxard Tiele ham bo'lgan. Walpot ekipaj interfeysi koordinatori etib tayinlangan va faqat missiyani boshqarish uchun o'qitilgan[5].

Brümmer 1993-yilda STS-55 uchun zahiradagi astronavt bo'lgan. Missiya davomida u Oberpfaffenhofen boshqaruv markazidan uchayotgan kosmonavtlarni qo'llab-quvvatlagan; agar u anashu vaqtda kosmosga uchganda, yer orbitasiga chiqqan birinchi maktab o'qituvchisi bo'lar edi[3]. Nemis astronavtlar jamoasi 1993-yilda tarqatib yuborildi[3].

Keyingi martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Brümmer professional meteorolog; u astronavtlikni o'rganish paytida Kolorado Boulder universitetida ilmiy xodim bo'lgan[3]. U Astronavt sifatida nafaqaga chiqqanidan so'ng, Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasida tadqiqotchi bo'lish uchun Kolorado shtatining Boulder shahriga qaytib kelgan[3].

U 1995-yilda Kolorado-Boulderdagi Atmosfera Tadqiqotlari Universitet Korporatsiyasiga (CIRA) qo'shildi[2]. Dastlab, u dasturining bir qismi sifatida, FX-Net loyihasini boshqarishda ishlagan. 2010-yillarda u sun'iy yo'ldosh ilovalarini tadqiq qilib, Mintaqaviy va Mezomiqyosli meteorologiya bo'limida koordinator sifatida ishlagan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Astronaut Biography: Renate Brümmer“. Spacefacts. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Brummer, Renate“. Cooperative Institute for Research in the Atmosphere. Qaraldi: 2020-yil 17-mart.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 Shayler, David. Women in Space – Following Valentina. Berlin: Springer, 2005. ISBN 978-1-84628-078-8. OCLC 262677737. 
  4. Harvey, Brian. Europe's Space Programme: To Ariane and Beyond. London: Springer, 2003. ISBN 1-85233-722-2. OCLC 51270809. 
  5. 5,0 5,1 „25th anniversary of the D-2 mission“. DLRARTICLE DLR Portal. 2021-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-oktyabr.