Qizil chittak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Red Sparrowdan yoʻnaltirildi)
Qizil chittak
Red Sparrow

Film posteri
Rejissyor(lar) Francis Lawrence
Prodyuser(lar)
  • Peter Chernin
  • Steven Zaillian
  • Jenno Topping
  • David Ready
Ssenariynavis(lar) Justin Haythe
Rollarda
Bastakor(lar) James Newton Howard
Kinematografiya Jo Willems
Muharrir(lar) Alan Edward Bell
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 140 daqiqa[3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $69 million[4]
Daromadi $151.6 million[4]

Qizil chittak (inglizcha: Red Sparrow — „Qizil chumchuq“) 2018-yilda ekranlarga chiqqan, Francis Lawrence tomonidan suratga olingan, Jason Matthews qalamiga mansub hamda 2013-yilda yozilgan shu nomli romaniga asoslangan josuslar haqidagi Amerika triller filmidir. Filmda bosh qahramonlarni Jennifer Lawrence, Joel Edgerton, Matthias Schoenaerts, Charlotte Rampling, Mary-Louise Parker va Jeremy Irons jonlantirishgan.

Qizil chittak filmi premyerasi Oʻzbekistonda 31-may 2018-yilda, Amerika Qoʻshma Shtatlarida esa 2-mart 2018-yilda boʻlib oʻtdi. Rotten Tomatoes kinotanqid saytida bu film haqida 273 ta maqola yigʻilib, ulardan 43 % foizi filmni ijobiy baholadi. Film budjeti $69 millionni tashkil qilib, kartina umumjahon boʻylab $151 million daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Jennifer Lawrencening ijrosi tanqidchilar tomonidan yuqori baholandi.[5][6]

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamonaviy Rossiyada istiqomat qiluvchi goʻzal Dominika Egorova kasal onasiga gʻamxoʻrlik qiluvchi taniqli balerinadir. U raqs vaqtida jiddiy jarohati tufayli, majburiy ravishda balet truppasidan chetlashtiriladi. Shundan soʻng, amakisi yordami bilan agent boʻlishga qaror qiladi. Maxfiy chittaklar maktabiga taklif qilingan Dominika tez orada ularni ishonchiga kiradi. Natijada maxfiy uyushma tarixidagi eng yaxshi agent boʻlib yetishadi. U keyinchalik Sovet davlatiga xiyonat qilib, Amerika hukumati ichki razvedkasida faoliyat yuritadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Relizi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat Premyera sanasi Manba (lar)
AQSH bayrogʻi AQSh 2-mart 2018-yil [2]
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 1-mart 2018-yil [7]
Belgiya bayrogʻi Belgiya 28-fevral 2018-yil
Fransiya bayrogʻi Fransiya 4-aprel 2018-yil
Italiya bayrogʻi Italiya 1-mart 2018-yil
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 31-may 2018-yil [1]

Daromad[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab, 20th Century Fox bu filmni 2017-yil 10-noyabrda chiqarishni rejalashtirgandi. Biroq, ushbu kinokompaniya Murder on the Orient Express klassik detektiv filmini ishlab chiqarganligi tufayli kartina premyerasi 2018-yil martiga kechiktirildi.

Filmning budjeti $69 million boʻlib (shundan $15-20 million Jennifer Lawrencening gonorori boʻlgan),[8] kartina umumjahon boʻylab $151 milliondan oshiq (bundan $46.8 million AQSh va Kanada, $104.7 million esa qolgan mamlakatlarda) daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Kim, Dmitriy „Qiziqarli kino: "Qizil chittak"“. Afisha.uz (27-aprel 2018-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 Lang, Brent. „Steven Spielberg Pentagon Papers Drama Gets 2017 Oscar Season Release“. Penske Business Media (22-aprel 2017-yil). Qaraldi: 22-aprel 2017-yil.
  3. „RED SPARROW (2018)“. British Board of Film Classification. Qaraldi: 15-fevral 2018-yil.
  4. 4,0 4,1 Red Sparrow (2018)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 1-oktabr 2018-yil.
  5. Dargis, Manohla. „Review: 'Red Sparrow' Has Spies, Lies and Dirty Dancing“. The New York Times (1-mart 2018-yil). 2-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-mart 2018-yil.
  6. Kohn, Eric „'Red Sparrow' Review: Jennifer Lawrence Is a Badass Russian Spy Who Uses Her Sexuality Like a Weapon in Solid Thriller“. IndieWire. Penske Business Media (16-fevral 2018-yil). 17-fevral 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-fevral 2018-yil.
  7. Parkin, Simon „Video preview: films not to miss at the cinema in March 2018“. Eastern Daily Press. Archant Community Media (1-mart 2018-yil). 10-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-mart 2018-yil.
  8. Anthony D'Alessandro. „'Black Panther' Busts Past Half Billion; 'Red Sparrow' Flies Low With 207M – Sunday AM B.O. Update“. Deadline Hollywood. Penske Business Media (4-mart 2018-yil). 3-mart 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]