Kontent qismiga oʻtish

Red Shoes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Red Shoes
Asl nomi 빨강 구두
Janri
Muallif(lar)
  • Lee Jung-mi
  • Jung Woo-jin
  • KBS Drama Division
Rejissyor Park Gi-hyeon
Ssenariynavis(lar) Hwang Soon-young
Rollarda
Bastakor(lar) Choi In-hee
Mamlakat Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
Til Koreyscha
Qismlar soni 100 ta
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar)
  • Hong Seok-gu (KBS)
  • Hwang Joon-young
Prodyuser(lar)
  • Sohn Seok-jin
  • Sohn Ok-hyeon
  • Lee Seung-beom
Qism davomiyligi 40 daqiqa
Studiya(lar) OH Story
Efirga uzatilishi
Telekanal KBS2
Translyatsiya davri 5-iyul, 2021-yil(2021-07-05) — 10-dekabr, 2021-yil(2021-12-10)

Red Shoes (koreyscha: 빨강 구두) – Choi Myung-gil, So Yi-hyun va Park Yoon-jae ishtirok etgan 2021-yilgi Janubiy Koreya teleseriali[1]. Serial rejissyor Park Gi Xyon va Xvan Sun Yon tomonidan suratga olingan. Voqealar rivoji sevgi va muvaffaqiyat izlab otasi va ukasini tashlab ketgan yuraksiz onasidan qasos olmoqchi boʻlgan qiz haqida hikoya qiladi[2]. Ushbu dramaning premyerasi KBS2 telekanalida 5-iyul kuni boʻlib oʻtdi va 2021-yil 10-dekabrgacha har ish kuni soat 19:50 da (Janubiy Koreya vaqti bilan) efirga uzatildi[3].

Serial voqealari sevgi va muvaffaqiyat izlab otasi va akasini tashlab ketgan yuraksiz onasidan qasos olishga qattiq ishtiyoqi bor Kim Jem-ma atrofida sodir boʻladi.

Choy Myon Gil birinchi muhabbati bilan turmush qurganidan keyin oilasini tashlab ketgan Kim Jem-Maning sovuq yurakli onasi Min Xi Kyonni rolini ijro etadi. Kim Jem-ma otasining oʻlimi bilan bogʻliq sirlarni aniqlashga va qasos olishga intiladi. Yun Gi Sok xotinining xiyonati tufayli sevgiga ishonmaydi, lekin Kim Jem-mani sevib qoladi. Yun Xyon Seok esa Yun Gi Seokning kenja ukasi boʻlib, u erkin qalb sohibi hamda oʻta jozibali bola boʻladi.

Serialning nomini yozuvchi Xvan Sun Yon quyidagicha izohlaydi: "Bosh qahramon ayol eri tomonidan uyidan haydalgan kuni yoshligida bir yigit sovgʻa qilgan „qizil tufli“ni kiyib chiqdi. Qiziga qoldirgan soʻnggi sovgʻasi esa oʻsha „qizil tufli“ning bogʻichi boʻladi. „Qizil tufli“ ona uchun „umid“ boʻlsa, qiz uchun „qasos“ boʻladi"[4].

  • Choi Myung-gil – Min Hee-kyeong rolida[5]
  • So Yi-hyun – Kim Jem-ma rolida[6]
  • Park Yoon-jae – Yoon Gi-seok rolida[7]
  • Shin Jung-yoon – Yoon Hyeon-seok rolida[8]
  • Jung Yoo-min – Kwon Hye-bin rolida[9][10]

Ishlab chiqarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Translatsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

So Yi Xyun 2021-yilning may oyida qasos olish seriyasida ishtirok etishi tasdiqlangan. U oxirgi marta 2016-yilda KBS telekanalining „Ayollar sirlari“ dramasida koʻrinish bergan edi. Bu uning besh yildan keyingi qaytishi boʻldi[11]. 18-may kuni KBS studiyasida ssenariy oʻqish sessiyasi boʻlib oʻtdi[12]. Ssenariy muallifi hisoblangan Xvang Soon-Young ushbu dramagacha uchta drama, 2013-yil „Ruby Ring“, 2014-yil „Two Mothers“ va 2015-yil „The Great Wives“ serialini yozgan edi[13]. Jung Yoo Min va Park Gi Xyonni film rejissyorligida uchinchi marta birga ishlashlari edi. Ularning oldingi ikkita seriyasi: „Unasked Family“ (2019) va „My Lilac“ (2020) boʻlgan[9]. Birinchi umumiy skript oʻqish sessiyasi 14-iyunda boʻlib oʻtdi[14].

Suratga olinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

16-iyun kuni KBS telekanali filmni suratga olish jarayonlaridan ilk kadrlarni chiqardi[15]. 19-avgust kuni esa teleserial suratga olish joyidan COVID-19 bilan kasallanishning tasdiqlangan holati haqida xabar berildi. Oʻsha odam bilan aloqada boʻlgan aktyor esa karantinga yuborildi[16].

Yil Mukofot Turkum Mukofotni yutgan shaxs Natija Manba
2021-yil KBS Drama Awards Kundalik dramadagi eng yaxshi aktrisa So Yi-hyun Yutuq [17]
Choi Myung-gil Nominatsiya
Eng yaxshi aktrisa Nominatsiya [18]
Kundalik dramadagi eng yaxshi aktyor Sunwoo Jae-duk Nominatsiya
2022-yil APAN Star Awards Seriallardagi eng yaxshi aktrisa Choi Myung-gil Nominatsiya [19]
Seriallardagi eng yaxshi aktrisa So Yi-hyun Yutuq
  1. „Red Shoes - (Korean Drama, 2021, 빨강 구두)“. HanCinema. 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-may.
  2. Ahn, Tae-Hyun „최명길·소이현·박윤재·신정윤 '빨강 구두' 출연 확정“ [Choi Myung-gil, So Lee-hyun, Park Yoon-jae, and Shin Jung-yoon confirmed to appear in'Red Shoes'] (ko). News1 (2021-yil 13-may). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-may.
  3. Jeon Jae-kyung.. „'빨강구두' 최명길·소이현, 욕망·복수의 화신 서늘“ (ko). Newsis. Daum (2021-yil 17-iyun). 2021-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-iyun.
  4. Park Jae-hwan.. „'빨강구두' 황순영 작가 "최명길-소이현 케미, 100% 신뢰한다"“. KBS. Naver (2021-yil 4-iyul). 2022-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
  5. Park Pan-seok.. „'빨강구두' 최명길, 욕망에 솔직한 민희경 변신..묵직한 존재감“ (ko). Osen. Daum (2021-yil 15-iyun). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  6. Jung Eun-jean.. „최명길-소이현-박윤재-신정윤 '빨강 구두' 캐스팅 확정“ (ko). KBS. Naver (2021-yil 13-may). 2021-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-may.
  7. Jeon Hyo-jin.. „'빨강구두' 박윤재, 첫 스틸 공개…카리스마+고독“ (ko). Sports Donga. Naver (2021-yil 18-iyun). 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-iyun.
  8. Yoon-ji Ahn.. „'빨강 구두' 신정윤, 자유로운 영혼으로 변신..반항적 매력 예고“ (ko). Star News. Naver (2021-yil 29-iyun). 2021-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
  9. 9,0 9,1 Kang Hyeon-jin.. „'빨강구두' 정유민 "극 중 母 최명길 연기? 넋 놓고 감탄해"“ (ko). Export News. Naver (2021-yil 30-iyun). 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
  10. Kim Jin-seop.. „정유민, KBS2 빨강구두 주연으로 발탁“ (ko). Korea Press News (2021-yil 28-may). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-may.
  11. Kim Hee-sun.. „소이현, '빨강 구두' 출연확정…복수의 화신으로 컴백“ (ko). News Inside (2021-yil 14-may). Qaraldi: 2021-yil 28-may.
  12. Seung-Hoon Lee.. „[포토 소이현, '빨강구두 대본리딩 왔어요'“] (ko). Financial News. Daum (2021-yil 18-may). Qaraldi: 2021-yil 28-may.
  13. Kim Hyun-jung.. „[단독 최영완, '빨강구두' 캐스팅..4년만 안방 복귀“] (ko). Export News. Daum (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2021-yil 28-may.
  14. Kim So-yeon.. „최명길x소이현, 숨막히는 '빨강 구두' 대본 리딩“ (ko). Star Today. Daum (2021-yil 14-iyun). 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  15. Kim Do-hee.. „'빨강 구두' 소이현 첫 스틸 공개···복수에 사로잡힌 '김젬마' 연기 예고“ (ko). Seoul Economic Daily. Naver (2021-yil 16-iyun). 2021-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyun.
  16. Bae Hyo-joo.. „'빨강구두' 코로나 확진자 발생 "전원 음성→배우 1인 자가격리"[공식“] (ko). Newsen. Naver (2021-yil 19-avgust). 2021-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  17. Woo Da-bin.. „'KBS 연기대상' 지현우 대상 수상…'신사와 아가씨' 6관왕 쾌거 [종합“] (ko). Hankook Ilbo. Naver (2022-yil 1-yanvar). 2021-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.
  18. Jung Ji-hyun. „차태현·이도현·김소현·박은빈, 최우수상 수상 [2021 KBS 연기대상“] [Cha Tae-hyun, Lee Do-hyun, Kim So-hyun, Park Eun-bin, Grand Prize Winner [2021 KBS Drama Awards]] (ko). My Daily (2022-yil 1-yanvar). 2022-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-yanvar.
  19. Kim Won-gyeom. „'에이판 스타 어워즈' 송중기·손석구·김수현·김태리·박은빈 등 역대 최다 노미네이트“ ['APAN Star Awards', including Song Joong-ki, Son Seok-gu, Kim Su-hyeon, Kim Tae-ri, Park Eun-bin, etc.] (ko). SpoTV News. Naver (2022-yil 31-avgust). 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-avgust.