Razzoq Abdurashid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Razzoq Abdurashid (1936-yil tugʻilgan 2023-yil Vafot etgan) — oʻrta maktabni tugatgan, Toshkent Davlat dorilfununi filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limida (1953-1958) tahsil ko‘rgan. „Gulxan“ (1958-1964) oynomasida, „Lenin uchquni“ ro‘znomasida (1964-1966), „Yosh gvardiya“ (1961-1969) nashriyotida ishlagan. Moskvadagi Oliy adabiyot kursida (1969-1971) o‘qigan. Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, Respublika Radiosida muharrir, 1979-yildan to shu kungacha Gʻafur Gʻulom nashriyotida yetakchi muharrirdir.

Sheʼriy toʻplamlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Yo‘l boshida“ (1962, birinchisi)
  • „Kaftimda olam“ (1969)
  • „Qalbim qo‘lingda“ (1970)
  • „Yulduzlar xayoli“ (1975)
  • „Sukunat“
  • „Yoruglik“ (1983)
  • „Otalar chirog‘i“ (1986)
  • „Yo‘l o‘rtasida“ (1988)

Dostonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Yulduzlar xayoli“
  • „Toshfaryod“
  • „Umrdan lavhalar“

Shoir barcha asarlarida Ona Vatan madhi, mehri, yor vasli va soginchi, go‘zal tabiat manzaralarini kuylaydi.

Bolalar uchun kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Buvimning ertaklari“ (rus tilida)
  • „Quyonpolvonning ertaklari“
  • „Pritok“ (1979, rus tili, M.)

Razzoq Abdurashid tarjimon sifatida S. Vurg‘un, M. Jalil va Ye. Isayev asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sobir Marvaliyev. Oʻzbek adiblari. T.: „Fan“, 1993

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]