Ravshan Toʻrabekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ravshan Toʻrabekov
Tavalludi 19-oktyabr 1936-yil[1]
Samarqand, SSSR
Vafoti 4-noyabr 2004-yil(2004-11-04)
(68 yoshda)
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston
Sohasi rejissyor
Ish joylari Tojiktelefilm

Ravshan Toʻrabekov (1936-yil 19-oktyabr, Oqsoy, Pastdargʻom, Samarqand – 2004-yil 4-noyabr, Dushanbe) – aktyor va rejissyor. Tojikistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). SSSR Kinematograflar uyushmasi aʼzosi (1974).

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravshan Toʻrabekov 1936-yil 19-oktyabrda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Samarqand shahrida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach Toshkentdagi A.N.Ostrovskiy nomidagi Teatr va rassomlik institutiga oʻqishga kiradi va institutni 1960-yilda tamomlaydi. Ravshan Toʻrabekov keyinchalik Moskvada SSSR Davlat kinematograflar qoʻmitasining ikki yillik oliy kinorejissorlik kursini (1967) tugatgan. Ikki yillik oliy kinorejissorlik taʼlimdan soʻng A.Lohutiy nomidagi Davlat akademik drama teatri aktyori sifatida ish boshladi (1960—1963-yillar). U 1963—1972-yillarda „Tojikfilm“ kinostudiyasi rejissyori va rejissyori assisteni boʻlgan va 1972-yil Tojikiston telestudiyasi „Tojiktelefilm“ direktori lavozimiga tayinlangan. Ravshan Toʻrabekovning rafiqasi tojik kino aktrisasi Dilbar Qosimova.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U teatr va kinoda koʻp rollarni ijro etgan. „Men chegaradaman“ (1972), „Soʻnggi qoʻlga“ (1975), „Suv qayerdan keladi?“ (1978), „Burgutlar togʻi“ (1980) badiiy telefilmlari suratga olgan. Ravshan Toʻrabekov 30 dan ortiq hujjatli filmlar suratga olgan: „Biz Qistakoz qishlogʻidanmiz“ (1978-yil Odessa shahrida oʻtkazilgan umumiy telefilmlar festivali mukofoti sovrindori), „Mening uyim – mening oilam“ (1979-yilgi Kishinyovdagi umumiy telefilmlar festivalida birinchi darajali mukofot sovrindori), „Men rus tilini oʻrganyapman“ (Yerevandagi telefilmlar festivalining birinchi mukofoti sovrindori, 1982), „Erkaklar kasbi“ (1979-yil 1982-yilgi SSSR filmlari festivalining birinchi mukofoti sovrindori va Kishinyovdagi telefilmlar festivali, 1986) va boshqalar. „Tojiktelefilm“dagi faoliyati davomida (1994-yilga qadar) badiiy va hujjatli filmlar, jumladan, „Oʻjar ijarachi“, „Dushanbe hayoti“, „Sirdaryodan Zarafshongacha“, „Hunarmand jilosi“ filmlarini suratga oldi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Равшан Тӯрабеков“. www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil.
  2. Аслҳо ва наслҳо. - Душанбе,2013, с.122.