Raqamli gigiyena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Raqamli gigiyena atamasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raqamli gigiyena- bu atamani ilk bor doktor Eduardo Gilbshteyn 2006 -yilda chop etilgan „Yaxshi raqamli gigiyena“ kitobida ishlatgan. Raqamli gigiyena elektron axborot harakatlaringizni tozalash va ularni muntazam yangilab turish amaliyoti uchun ishlatiladigan iboradir. Bu jarayon parollarni qanday tanlashni bilish, noutbukda fayllarni tartibga solish va elektron pochta va ijtimoiy media akkountlar sozlamalarini o‘zgartirishni oʻz ichiga oladi, bularning barchasi xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlarning bir qismidir.

Yaxshi raqamli gigiyena[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaxshi raqamli gigiyenaga amal qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Elektron qurilmalarni muntazam yangilash va tozalash;
  • Antivirusingizni yangilab turish va skanerlash;
  • Kuchli parollardan foydalanish;
  • Ikki faktorli autentifikatsiya dan foydalanish;
  • Elektron pochta qutilaringiz va qurilmalaringizni toza va xavfsiz saqlash;
  • Fishing urinishlarini aniqlash;
  • Onlayn harakatlar xavfsizligini taʼminlash [1].

Raqamli gigiyenaning afzalliklari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaxshi raqamli gigiyena qurilmalarning uzluksiz ishlashini taʼminlaydi va ulardan samaraliroq foydalanish imkonini beradi. Eng muhimi, u foydalanuvchini doimiy ravishda oʻsib borayotgan onlayn tahdidlardan himoya qiladi. Notoʻgʻri raqamli gigiyena odamlarning foydalanuvchilarga firibgarlik, zararli dastur hujumlari va boshqa onlayn jinoyatlar bilan hujum qilishini osonlashtiradi.Raqamli gigiyena ikki toifadagi imtiyozlarni o'z ichiga oladi: texnik xizmat ko'rsatish va xavfsizlik. Bu ikki toifa bir-biriga bevosita bog'liq. Masalan, dasturiy ta'minotni yangilab turish qurilma egasini bezovta qilgan yoki ishini qiyinlashtirgan xatolarni olib tashlaydi. Shuningdek, u qurilma tizimiga qilingan tahdidlarini tuzatadi. [2]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

https://www.arcstone.com/blog/digital-hygiene