Ramo Jan Filipp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

RAMO (Rameau) Jan Filipp (1683.25.9, Dijon 1764.12.9, Parij) — fransuz kompozitori va musiqashunos. Zamonaviy garmoniya nazariyasining asoschisi ("Garmoniya haqida traktat", 1722; "Garmoniyaning kelib chiqishi", 1750 va boshqalar). Kompozitorlik ijodida fransuz (J.B.Lyulli) va italyan (A.Vivaldi, D.Skarlatti) musiqa yutuqlarini mujassam etib, klassik musiqa uslubini shakllanishiga muhim hissa qoʻshgan. Klavesin uchun pyesalarda qad. (allemanda, kuranta kabi) va zamonaviy (menuet va boshqalar) bal raqslarini hamda milliy (rigodon, tamburin) raqs kuylarini nozik did va yuksak mahorat bilan qayta ishlagan. R.ning opera (lirik tragediyalar), operabalet va baletlari fransuz musiqali teatrida butun bir davrni tashkil etib, K.V. /l/okning opera janri islohotiga zamin yaratgan. Bularning ayrimlari ("Nazokatli Hindiston", 1735; "Zoroastr", 1749 va boshqalar)da Sharq mavzulariga murojaat etgan. Bir necha kantata, motet, cholgʻu ansambl va boshqa asarlarni yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil