Kontent qismiga oʻtish

Rahimberdiyev Rahimjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rahimberdiyev Rahimjon — 1898-yili Andijon shahrida tug‘ilgan, 1922-yili bosmachi to‘dalarda qatnashgan, 1935-yili magazinga o‘g‘irlik qilish uchun tushganliqda aybi qo‘yilib, qamoqqa olingan. 1936-yilga qadar yakka xo‘jalik bo‘lib, go‘sht sotish bilan mashg‘ul bo‘lgan. 1937-yil martida kolxozga kirgan, 1937-yil mayida ishga chiqmaganligi va ichkiligi uchun kolxozdan chiqarilgan. Hibsga olinganda aniq mashg‘uloti bo‘lmagan. Kolxozdan haydalgandan nafratlanib mahalla komissiyasi raisini o‘ldiraman deb qo‘rqitgan. 1930-yil 28-iyulida Qizil choyxonada bir necha kishi ishtirokida xalqlar dohiysi sha’niga notsenzur so‘zlar bildirgan, terrorchi kayfiyatini namoyish qilgan, pichoq bilan O‘zbekiston partiya tashkiloti rahbarining portretini kesib yuborganlikda ayblangan.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rustam Shamsidinov. Qatag‘on qurbonlari. Sharq nashriyoti, 2007-yil — 409 bet. ISBN ISBN 978-9943-00-240-1. 
  2. Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.