Rag'n'Bone Man

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rag'n'Bone Man

Rag'n'Bone Man (2017-yil)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 29-yanvar 1985-yil
Sasseks tumanidagi qishloqda
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Janr hip-hop, rok
Amplua Qoʻshiqchi, musiqachi
Faoliyat yillari 2010-hozirgacha
Veb-sayt ragnboneman.com


Rori Charlz Grem oʻzining Rag'n'Bone Man taxallusi bilan mashhur, britaniyalik soul qoʻshiqchisi. U chuqur bariton ovozi bilan mashhur. Uning birinchi xit qoʻshigʻi "Human" 2016-yilda va shu nomdagi debyut albomi 2017-yilda chiqdi. 2017-yilgi BRIT tanlovida u "Critics' Choice" mukofotiga sazovor boʻldi.[1]

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rori Grem Sasseks grafligidagi qishloqda tugʻilgan. Rori oʻn besh yoshida blyuz standartlari va mashhur soul qoʻshiqlarini ijro etishni boshladi. Rori Oskar Peterson, Pol Desmond va Muddy Watersni oʻzining sevimli qoʻshiqchilari sifatida sanab oʻtadi.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilda birinchi "Bluestown" mini-albomi, 2014-yilda esa "Wolves" mini-albomi chiqdi. 2015-yilda yana bir "Disfigured" mini-albomi chiqdi, albomdagi "Bitter End" treki radio eshittirishlarda koʻp bora qoʻyildi.[2]

Rag'n'Bone Man 2017-yilda birinchi xiti Avstriya, Germaniya va Shveytsariyadagi chart(musiqiy xitlar ro'yxati)larda birinchi oʻrinni egallagan "Human" qoʻshigʻi boʻldi. 2016-yil 21-iyulda joylangan xuddi shu nomdagi video uch oy ichida YouTube’da 10 milliondan ortiq koʻrishlar soniga ega boʻldi (2022-yil 4-iyun holatiga koʻra 1 milliard 400 milliondan ortiq koʻrilgan).

Rori Grem an'anaviy onlayn shaklda suhbat qurish usullarni targʻib qilishdan tashqari, Germaniyadagi oʻn ikkita radiostansiyaga tashrif buyurdi va ularning har biriga intervyu berdi.[3]

Rag'n'Bone Man debyut diski 2017-yil 10-fevralda chiqarildi va u "Human" deb ham ataldi. Tanqidchilarning ta'kidlashicha, Gremning shafqatsiz koʻrinishiga qaramay, diskda sekin ritmlar, "Odetta" va "Ego" treklarida esa qichqiriqli boʻlimlari mavjud.[4]

2017-yil aprel oyida u Gorillaz bilan "The Apprentice" trekini yozdi.

2019-yil 25-yanvarda Kalvin Xarris bilan birgalikda “Giant” trekining rasmiy videosi chiqdi, u 2022-yil 1-iyunga qadar 305 million koʻrishni toʻplagan.

2021-yil "Life by Misadventure" ikkinchi studiyaviy albomini chiqardi.


2017-yil sentabrida Grem va uning rafiqasi Bet Rui Ruben ismli oʻgʻil koʻrishdi. Ular 2019-yil may oyida Lyuis FHDYO idorasida turmush qurishdi. Ammo bir muncha vaqt oʻtgach, ular ajrashishdi.

Grem Brighton yoshlar musiqa xayriya AudioActive homiysi hisoblanadi.[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „24smi sayti“ (en). Aleksandr Neverov. Qaraldi: 2022-yil 4-iyun.
  2. [1]. Aleksandr Neverov, 2018-yil, 26-dekabr
  3. (inglizcha) https://disgustingmen.com/music/human-facts-and-covers/, qaraldi: 2021-04-23 {{citation}}: Missing or empty |title= (yordam); More than one of |accessdate= va |access-date= specified (yordam)
  4. rollingstone.com (inglizcha), qaraldi: 2019-01-11 {{citation}}: More than one of |accessdate= va |access-date= specified (yordam)
  5. „AudioActive – Supporting Grass Roots Development“ (en). AudioActive. Qaraldi: 2022-yil 5-iyun.