Rafail Samoylovich Gershenovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Gershenovich Rafail Samoylovich (1889.12.9 -Toshkent -1960.23.6) — pediatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1935), professor (1932). Parij pediatrlar jamiyati muxbir aʼzosi (1935). Samarkand (1914—18) va Toshkent (1918—19) temir yoʻl kasalxonalari vrachi, Toshkent tibbiyot akademiyasi pediatriya kafedrasi (1930—45), 1945 yildan gospital pediatriya kafedrasi mudiri. Ayni vaqtda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti pediatriya kafedrasi rahbari (1935—48). Dizenteriya, pellagra, bolalar leyshmaniozi, ich terlama kabi kasalliklarni mukammal oʻrganib, ularni davolash va oldini olish ustida tadqiqotlar olib borgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil