Rachael Adams
Rachael Alekxis Adams (1990-yil 3-iyunda tugʻilgan) — Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy voleybol jamoasida oʻrta bloker sifatida oʻynagan amerikalik sobiq professional voleybolchisi hisoblanasi. Adams milliy terma jamoa bilan 2014-yilgi Jahon chempionatida oltin va 2016-yilgi Rio Olimpiadasida esa bronza medalini qoʻlga kiritgan professional darajada oʻyin koʻrsata oladigan voleybolchi sifatida ommaning mexrini qozongan.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
U Ogayo shtatining Cincinnati shahridagi Notre Dame oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda voleybol oʻynagan[1]. Keyin u Ostindagi Texas universitetida kollej voleybolida ham oʻynadi[2]. 2012-yilda, Texasda boʻlganida, Adams voleybol boʻyicha Honda Sports mukofotining toʻrtta finalchisidan biri sifatida nomlangan edi[3].
Adams 2014-yilgi jahon chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritgan AQSh terma jamoasining bir qismi boʻlgan, jamoa final oʻyinida Xitoyni 3:1 hisobidaham magʻlub etgan edi[4][5].
Adams 2016-yilgi Jahon Gran-prisi davomida braziliyalik Thaísa Menezes bilan birga eng yaxshi oʻrta blokerlar qatorida taqdirlandi[6].
Eczacıbaşı VitrA jamoasi bilan 2016-yilgi FIVB voleybol ayollar klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi[7].
Adams Eczacıbaşı VitrA bilan 2016-2017-yilgi mavsumda CEV Chempionlar Ligasi bronza medalini qoʻlga kiritdi, uning jamoasi Rossiyaning Dinamo Moskva jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etadi[8]va u shuningdek, eng yaxshi oʻrta bloker bilanbirga taqdirlanadi[9]. 2017-2018-yilgi mavsum oxirida u Italiyaning Monza klubi bilan shartnoma imzoladi va Italiya A1 ligasida oʻynaydi.
Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2013-yilda voleybol boʻyicha Honda Sport mukofotiga nomzod[3];
- 2016-yilda Jahon Gran-prisi „Eng yaxshi oʻrta bloker“;
- 2016-2017-yillarda CEV Chempionlar Ligasi „Eng yaxshi oʻrta bloker“.
Klublari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy terma jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
- 2013-yil
Voleybol boʻyicha Panamerika kubogi;
- 2013-yil
NORCECA chempionati;
- 2013-yil
FIVB Jahon chempionlari kubogi;
- 2014-yil
FIVB jahon chempionati;
- 2015-yil
FIVB Jahon Gran-prisi;
- 2016-yil
FIVB Jahon Gran-prisi;
- 2016-yil
Yozgi Olimpiya oʻyinlari.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Local volleyball star punches Olympic ticket“ (12-iyul 2016-yil).
- ↑ FIVB World Grand Prix 2016
- ↑ 3,0 3,1 (en) Volleyball. https://www.collegiatewomensportsawards.com/archives/volleyball. Qaraldi: 2020-04-07.Rachael Adams]]
- ↑ Benedetti, Valeria. „Volley, Mondiale: Usa batte Cina 3-1“ (Italian). La Gazzetta dello sport (12-oktyabr 2014-yil). Qaraldi: 12-oktyabr 2014-yil.
- ↑ „USA win first World Championship title, China and Brazil complete the podium“. Milan, Italy: FIVB (11-may 2014-yil). Qaraldi: 11-may 2014-yil.
- ↑ „Brazil win record 11th title in World Grand Prix“. Fédération Internationale de Volleyball. Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.
- ↑ „Kosheleva blasts Eczacibasi to second worlds club title“. Fédération Internationale de Volleyball. Qaraldi: 23-oktyabr 2016-yil.
- ↑ „Eczacibasi VitrA ISTANBUL take Bronze in Treviso 3-1 against Dinamo MOSCOW“. Treviso, Italy: CEV (23-aprel 2017-yil). Qaraldi: 23-aprel 2017-yil.
- ↑ „Champions League: Le migliori della Final Four. Zhu MVP“ (Italian). Volleyball.it (23-aprel 2017-yil). Qaraldi: 23-aprel 2017-yil.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Adamsning AQSh voleybolidagi rasmiy tarjimai holi
- Texas Longhorns bio