Kontent qismiga oʻtish

Sulfokislotalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(RSOdan yoʻnaltirildi)
Sulfokislotalarning umumiy tuzilishi. Funksional guruh koʻk rang bilan ajratilgan.

Sulfokislotalar, sulfon kislotalar, R-SO3H yoki R-SO2OH (R — alifatik, geterotsiklik yoki aromatik qatorning uglevodorod radikali) — tarkibida sulfoguruh (-SO3H) boʻlgan kislotalar: suvda yaxshi eriydi. S. kislotalik darajasiga koʻra mineral kislotalarga yaqin.

S.ning muhim xususiyati oʻz tarkibidagi sulfoguruhni boshqa funksional guruxlarga almashtira olishidir. Aromatik S. asosiy organik sintezning muhim mahsuloti (mas, fenollar ishlab chiqarish.da); azoboʻyoklar, dorivor moddalar (sulfanilamid moddalar), ion almashtiruvchi smolalar va boshqa tayyorlashda ishlatiladi. Alifatik S.ning ammoniyli tuzi (sulfonatlar) yuvuvchi moddalar uchun komponent sifatida qoʻllanadi. Anorganik kimyoda "S." termini baʼzan tiokislotalar oʻrnida ham ishlatiladi. S. radikallarining tabiatiga qarab, boshqa oʻrin almashgan guruxlar va sulfoguruhning soni bilan sinflanadi. S.ga alkansulfokislotalar, aromatik S, alkilaromatik S, oksisulfokislotalar, aminosulfokislotalar kiradi.