RAF Knettishall

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
RAF Knettishallning aerofotosurati, 1951-yil
Avval RAF Knettishall deb nomlangan hududda ishlatilgan samolyot

RAF Knettishall – Suffolkdagi sobiq Ikkinchi Jahon urushi aerodromi boʻlgan. Urush paytida Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasining havo kuchlari unga 136 raqamini berishgan, 1943-1945-yillarda sakkizinchi havo kuchlarining 388-bombardimon guruhi shu erda joylashgan[1]. Urush tugaganidan keyin Qirollik havo kuchlari ehtiyojlari uchun aerodrom ortiqcha deb topilgab va 1957-yilda aerodrom yopilgan. Uchish-qoʻnish yoʻlaklari va binolarning aksariyati 1960-yillarning oxiriga kelib buzib tashlangan boʻlsada, 2000-yilga kelib ularning baʼzilari hali ham vayrona holda saqlanib qolgan[2]. Aerodromning oʻzi hozirgi kungacha yengil aviatsiya samolyotlari uchun cheklangan miqdorda foydalanishda qolmoqda[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Anderson, Capt. Barry. Army Air Forces Stations: A Guide to the Stations Where U.S. Army Air Forces Personnel Served in the United Kingdom During World War II. Maxwell AFB, AL: Research Division, USAF Historical Research Center, 1985. 
  2. „KNE 031 - Knettishall Airfield - Suffolk Heritage Explorer“. heritage.suffolk.gov.uk.
  3. „Knettishall“. www.abct.org.uk. Airfields of Britain Conservation Trust UK.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]