Quvib o'tish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Quvib o‘tish — bu transport vositasining egallagan harakatlanish boʻlagidan chiqib, oldinda ketyotgan transport vositalaridan o‘zib ketishidir. Yonma-yon bo‘lakdagi transport vositasidan o‘zib ketish yoki toʻxtab turgan transport vositasitalaridan aylanib o‘tish quvib o‘tish hisoblanmaydi.

Quvib o‘tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish [1].

Haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin eʼtiborga olishi shart[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • haydovchi oʻzi o‘tmoqchi bo‘lgan harakatlanish bo‘lagi quvib o‘tish uchun yetarlicha masofada bo‘sh ekanligiga hamda quvib o‘tish jarayoni harakatlanishga xavf tug‘dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga;
  • shu bo‘lakda orqada yoki oldinda harakatlanayotgan boshqa transport vositasi quvib o‘tishni boshlamaganligiga;
  • oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o‘tish, chapga burilish yoki qayta tizilish ishorasini bermayotganligiga;
  • quvib o‘tishni tugallayotganda quvib o‘tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan bo‘lakka qaytib o‘ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.

Chap yoki o‘ngdan quvib o‘tish tartibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Relssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib o‘tishga ruxsat beriladi. Chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib o‘tish o‘ng tomondan amalga oshiriladi. Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi. Quvib o‘tishni tugallagandan so‘ng o‘ng tomondan ruxsat etilgan quvib o‘tishdan tashqari hollarda haydovchi ilgari egallagan harakatlanish bo‘lagiga qaytishi shart.

Biroq ushbu yo‘nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq bo‘lak bo‘lsa, quvib o‘tayotgan haydovchi o‘zi egallagan bo‘lakka qaytgani zahoti keyingi quvib o‘tishni boshlashiga to‘g‘ri keladigan hollarda, agar u orqada o‘zidan katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga xalaqit bermasa, egallagan bo‘lagida harakatlanishni davom ettirishi mumkin.

Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda katta hajmli yoki katta hajmda yuk tashiyotgan, shu bilan birga sekin harakatlanyotgan avtomabillarni quvib o‘tish qiyin bo‘lgan vaziyatlarda ushbu transport voitalarining haydovchilari o‘z avtomabillarni iloji boricha o‘ngga olishi, zarur holatlarda esa ortida to‘planib qolgan avtomabillarni o‘tkazib yuborishi uchun to‘xtashi lozim.

Quvib o‘tish taqiqlanadi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • tartibga solingan chorrahalarda qarama-qarshi harakatlanish bo‘lagiga chiqqanda;
  • tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo‘llarda harakatlanishda

piyodalar o‘tish joylarida piyodalar bo‘lganda;

  • temir yo‘l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda;
  • quvib yoki aylanib o‘tayotgan transport vositalarini;

tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida qarama-qarshi harakatlanish yo‘nalishiga chiqqanda;

  • yengil avtomabillarni quvib oʻtish taqiqlangan nomli 3.20 yoʻl belgisi va yuk avtomabillarida quvib oʻtish taqiqlangan nomli 3.22 yo‘l belgilari taʼsiri doirasida[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „yo‘l harakati qoidalari“ (o'zbekcha). lex.uz. Qonun hujjatlari milliy bazasi (12-aprel 2022-yil). Qaraldi: 22-iyul 2022-yil.
  2. Saidov, O.Ch. „12“,. quvib o'tish, 2022 (o'zbekcha), "Avtohamroh" — 152 bet. ISBN 978-9943-5047-8-3.