Kontent qismiga oʻtish

Baqaqurilloqlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Quruldoq baqalardan yoʻnaltirildi)

Baqaqurilloqlar (Hylidae) -dumsiz amfibiyalar turkumining oilasi. 35 uruqqa boʻlingan, 580 turi bor. Yer yuzining hamma qismida uchraydi, tropik Amerika va Avstraliyada koʻproq tarqalgan. Oʻzbekistonda uchramaydi. B., asosan, daraxtlarda yashaydi. Shuning uchun ular daraxt baqasi deb ham ataladi, barmoqlarining uchidagi disksimon yumshoq bezli plastinkasi B.ning daraxt shoxi va bargiga yopishib turishiga yordam beradi. Xaltachali baqaqurilloq (Notatrema marsupiatum)miHr urgʻochisi 200 tacha tuxumini orqasidagi xaltachada olib yuradi. Tuxumidan chiqqan itbaliqpari metamorfoz davrini suvda tugallaydi. Boshqa bir turi (N. oviferum) baqaga aylangandan ke-yii ona xaltachasidan chiqadi. Temirchi-baqaqurilloq (Hyla faber) tuxumini hasharotlardan saqlash uchun koʻlmak suv yoki nam yerda "qoʻra" yasab, shunga quyadi. Fillomeduza kabi baʼzi turlari suv tepasida osilib turgan oʻsimlik barglarini naycha qilib oʻraydi va uning ichiga yigʻilgan suvga tuxum qoʻyadi. Rossiyaning janubida, Ukraina va Kavkazda oddiy B. yoki daraxt baqasi (Hyla arborea) yashaydi. Daraxt baqasining tanasi 4 — 5 sm cha, rangi koʻm-koʻk boʻlib, oʻzgarib turadi. Yirik bargli daraxtlar va butalar ustida hayot kechiradi. Uvildiriq tashlash uchun suvga tushadi. Uzoq Sharqda yapon baqaqurillogʻi (Hyla japonica) tarqalgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil