Taʼnaberdi Qurbonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qurbonov Taʼnaberdidan yoʻnaltirildi)

Taʼnaberdi Qurbonov (1936.8.8, Pastdargʻom tumani) — aktyor, rejissor, Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Samarqand universiteti (1960) va Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1964). 1964-yildan H. Olimjon nomidagi Samarqand davlat musiqali drama teatrida aktyor, rejissor, direktor (1970—95). Obrazlari his-tuygʻularga boy, ularning chuqur ichki kechinmalari, kuchli tuygʻularini tabiiy va haroratli ifoda etish Q. ijodiga xos. Makferson (K. Simonov, "Rus masalasi"), Figʻoniy (S. Azimov, "Qonli sarob"), Teterov (M.Gorkiy, "Tubanlikda"), Karl Moor (F.Shiller, "Qaroqchilar"), Ahmad Rizo (N. Hikmat, "Tentak"), Ezop (G. Figeyredo, "Ezop"), Xilmi afandi (R.Guntekin, "Hiylai shaʼriy"), General (K.Chapek, "Nomi oʻchsin"), Otello (U. Shek-spir, "Otello"), Ulugʻbek (M. Shayxzoda, "Mirzo Ulugʻbek"), Burhonov (R. Orifjonov, "Ona hukmi") kabi rollari bilan tanilgan. Rejissyor sifatida "Duel" (M.Bayjiyev), "Guldan ham nozik" (R.Orifjonov), "Kelin keldi" (D. Fayziy), "Sarhovuzning boʻylarida" (X. Sultonov), "Afandi va Azroil", "Temir xotin" (Sh. Boshbekov) va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).