Qurbonali Latipovich Boboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boboyev Qurbonali Latipovich (1910.26.12, Oqmoʻla shahri2000.5,8, Toshkent) — geolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). geol.mineralogiya fanlari doktori (1962), professor (1963). Oʻrta Osiyo industrial intni tugatgach (1936), geol. ixtisosidagi turli muassasalarda foydali qazilmalarni qidirish ishlariga rahbarlik qilgan. Urush qatnashchisi (1942—43). 1944 yildan "Oʻzbekoltinkamyobmet" trestida bosh geolog, direktor oʻrinbosari. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya instituti direktori oʻrinbosari va direktori (1947—56) Oʻrta Osiyo Geol. va mineral xom ashyo ilmiy tadqiqot instituti direktori (1956—66). 1967 yildan Mineral resurslar ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim. Geologik jarayonlar harakteristikasi prinsiplarini ishlab chiqib, Oʻrta Osiyoni geologikstrukturaviy rayonlashtirish sxemasini va shu asosda metallogenik va prognoz qilish sxematik haritalarini tuzgan. 1983 yildan Ruda konlari genezisi boʻyicha Xalqaro assotsiatsiya (AQSH) haqiqiy aʼzosi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil