Qudsiy hadis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qudsiy hadis - (arab. manbasi, pok, toza, muqaddas hadis) -hadis turlaridan biri. Ma’nosi Alloh taolodan bo‘lib, aytilishi, ya’ni lafzi Rasululloh (s.a.v.)dan bo‘lgan hadislar. Shuningdek, u «hadisi rabboniy», «hadisi ilohiy» deb ham aytiladi. Uni Alloh taolo o‘z nabiyiga ilhom berish, tushida ko‘rsatib bildirish orqali xabar beradi, Payg‘ambar (s.a.v.) esa buning ma’nosi Alloh nomidan, Alloh taolo aytdi, deb sahobiylariga yetkazganlar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 455.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.