Kontent qismiga oʻtish

Qozon kabob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qozon kabob - Qirsillovchi qobiq hosil qilguncha qovurilgan go’sht va o’simlik moyi va go’sht yog’ida tillarang tusga kirguncha qovurilgan kichikroq kartoshka. Go’sht esa oldindan quruq yoki nordon marinadda marinadlangan. Uchta qozon-kabob tayyorlash turi farqlanadi: qo’y, parranda (asosan tovuq) va mol go’shtidan. O’rtacha kattalikdagi tovuq bo’laklari qizib turgan yog’da 20-25 daqiqa, shu kattalikdagi qo’y qovurg’alari 25-35 daqiqa, mol go’shti esa yana biroz ko’proq qovuriladi. Go’sht suvli bo’lib pishishi sirlari ham mavjud. Agar faqat go’sht sirti qizartirib pishirilsa, albatta, bunda suvlilikka erishish mumkin, lekin go’shtga kartoshka solinganida, go’sht suvi bilan aralashib, uning ko’rinishi buziladi. Go’sht tayyor bo’lgunicha qovurilsa, bunday holatning oldini olish mumkin, lekin uning yumshoqligi yo’qoladi. Xo’sh, mazali qozon kabob qanday tayyorlanadi? Buning uchun shunchaki go’sht biroz dimlanadi. Va, bu holda, qovurishning an’anaviy tartibini buzish ham mumkin.[1]

  1. „Google“. Qaraldi: 2022-yil 18-iyul.

QOZON KABOB UCHUN KERAKLI MASALLIQLAR

1 kg mol go’shti;

100 gramm qo’y yog’i;

2 kg kartoshka;

2 ta o’rtacha kattalikdagi piyoz;

3 ta o’rtacha kattalikdagi suvli pomidor;

100 ml o’simlik moyi;

3 osh qoshiq ziravorlar aralashmasi (yanchilgan zira va kashnich urug’lari, quritilgan rayhon, qizil achchiq qalampir);

Tuz;

5-7 shoxchadan shivit va kashnich