Qozi Ahmad G'afforiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

(to‘liq ismi: Qozi Ahmad ibn Muhammad ibn Najmiddin Abdulg‘affor al-Ja’fariy al-G‘afforiy al-Kazviniy; 1515-1568) – yirik tarixchi olim. Hayoti va ilmiy-ijtimoiy faoliyatiga oid ma’lumotlar juda kam. Ma’lumi quyidagilar: Tehronda tug‘ilgan. Mashhur Shofe’iy (sunna mazhabidagi musulmonlarning diniy-huquq mazhabi; asoschisi imom Abu Abdullo Muhammad ibn Idris ash-Shofe’iy (767-820) faqihlardan Abdulg‘affor al-Kazviniy (1266 y. vafot topgan)ning avlodi. Otasi Ray qozisi bo‘lib xizmat qilgan. Qozi Ahmad G‘afforiy 1567-68 y. hajdan qaytishda Sind viloyatiga qarashli Daybul shaharida qazo qilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).