Toʻlagan Qosimbekov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qosimbekov Toʻlagandan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toʻlagan Qosimbekov (1931.15.1, Qirgʻiziston, Jalolobod viloyati Yangiyoʻl tumani Aqjoʻl qishlogʻi) — Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1986). "Yilqichi oʻgʻli" (1956), "Tugʻilgan yer" (1958) kitoblari, "Odam boʻlgim keladi" (1960) qissalari bilan tanilgan. "Singan qilich" (1966) romani mashhur. Asarda qirgʻiz xalqining 19-asr oʻrtalaridagi hayoti tasvirlangan. Qoʻqon xonligi davriga oid tarixiy voqealar, Oʻrta Osiyoning ruslar tomonidan zabt etilishi, uning oʻzbeklar va qirgʻizlar taqdiriga taʼsiri epik planda koʻrsatilgan. "Kelkel" ("Toleʼ", 1986) romani — "Singan qilich"ning mantiqiy davomi boʻlib, unda 19-asrning 2-yarmi va 20-asrning 1-choragidagi Oʻrta Osiyo xalqlari hayoti Toʻqtagʻul, Qurbonjon dodxoh kabi tarixiy shaxslar taqdiri orqali ochib berilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Singan qilich, T., 1980.