Kontent qismiga oʻtish

Qoraqamish koʻchasi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoraqamish koʻchasi — Toshkent shahridagi Olmazor tumanida joylashgan. Sagʻbon va Muxbir koʻchalari oraligʻidagi joylashgan.

1966-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan kuchli zilzilasidan soʻng aholini turay joy bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan hududlardan biri. 1971-yilga kelib yangi tashkil topgan koʻcha sifatida 2-Qoraqamish nomi berilgan. 1978-yilning 15-sentabrga kelib C.Ziyomov koʻchasi deb nomlangan. 2008-yil 9-iyundan boshlab hozirgi kungacha Qoraqamish koʻchasi deb yuritib kelinmoqda.

Qoraqamish koʻchasi yoʻnalishida hozirgi kungacha Qoraqamish 1, 2/2, 2/5 turar joy mavzelari, Qoraqamish kanali, Mehnat va urush faxriylari pansionati, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, savdo ma umumiy ovqatlanish shohobchalari, madaniyat va istirohat bogʻi, koʻp qavatli turar joy majmualari va boshqalar joylashgan[1].

  1. Toʻxliyev, Nurislom, ed (2009). "Qoraqamish ko'chasi". Toshkent: Ensiklopediya. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. p. 738.