Sofya Qoraboyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qoraboyeva Sofya Dusgaliyevnadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sofya Dusgaliyevna Qoraboyeva (1914.12.1, Toʻrtkoʻl — 1978.28.4, Nukus) — qoraqalpoq aktrisasi. Oʻzbekiston xalq artisti (1969). Moskva teatr sanʼati institutining qoraqalpoq studiyasida taʼlim olgan (1934—35). 1939 yildan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat teatrida ishlagan. Milliylikka intilish, qahramonlari va hayotbaxsh his bilan sugʻorish Q. ijodiga xos. Vassa (M.Gorkiy, "Vassa Jeleznova"), Maysara (Hamza, "Maysaraning ishi"), Marfa Petrovna (K.Simonov, "Rus kishilari"), ona (E.Rannet, "Daydi oʻgʻil"), Biybinur (N.Dovqorayev, V.Shafrannikov, "Alpomish"), Oymereke (J.Oymurzayev, O.Xalimov, "Oygul va Obot"), Oqsuluv (A.Shomurotov va I.Yusupov, "Qirq qiz"), Oybike (S.Xoʻjaniyozov, "Taluas"), Toʻlgʻanoy (Ch.Aytmatov, "Momo yer") kabi turli xarakterdagi rollar talqini bilan tanilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil