Kontent qismiga oʻtish

Qodirova Shamsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shamsiya Muhammedovna Qodirova sharqshunos olima, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1929-yil 31-dekabrda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tug'ilgan.

1950-yilda O'rta Osiyo davlat universiteti sharq fakultetining hind filologiyasi bo'limiga kirib o'qidi. 1955-yilda fakultetni hind tili va adabiyoti hamda rus va ingliz tillari o'qituvchisi ixtisosligi bo'yicha tugatdi.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sh. Qodirova mehnat faoliyatini Toshkent poligrafiya bilim yurtida rus tili o'qituvchisi lavozimida ishlashdan boshlagan.
  • 1958-1972-yillar O'zbekiston FA Til va adabiyot institutida laborant, so'ngra ilmiy hodim lavozimlarida ishladi.
  • 1972-yilda olima Beruniy nomidagi Toshkent Politexnika institutiga ishga o'tadi.
  • 1980-1990-yillarga qadar institutning xorijiy talabalar uchun tayyorlov fakultetida rus tili kafedrasining mudirasi vazifasida ishladi.
  • 1991-yildan Toshkent kimyo-texnologiya institutining rus va o'zbek tillari kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko'rsatdi.

Xorijiy mamlakatlardagi mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1973-1974-yillarda Hindistonda;
  • 1978-yilda Angliyada;
  • 1979-1980-yillarda Afg'onistonda;
  • 1983-1985-yillar Efiopiyada rus tilidan dars bergan.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yilda "Toshkent mikrotoponimlari" degan mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Olima 30 ga yaqin ilmiy maqolalar, darslik va o'quv qo'llanmalari yozib nashr ettirgan.

Asosiy ilmiy ishlari:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent mikrotoponimlarini nomlash prinsipi. — "O'zbek tili va adabiyoti" j-li. T., 1966, 3-son.
  2. Toshkent mikrotoponimlarning etimologik xarakteristikasi — "O'zbek tili va adabiyoti" j-li. T., 1966, 6-son.
  3. Словарь грамматических терминов для слушателей подготовительного факультета. Дели. 1975.
  4. Словник учебного словаря. (В соавторстве с Р. А. Абдусаматовой). — Кабул. 1980.

[1]

  1. Abdusamatov, Malik. O'zbekiston sharqshunoslari, Toshkent, 1996 — 484 bet.