Qarqaralar
Qarqaralar, qoʻtonlar — laylaksimonlar turkumining oilasi. 32 urugʻi va 66 turi maʼlum. Qutb hududlaridan boshqa hamma joylarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 5 uruqqa mansub 8 turi uchraydi. Tanasi 28—140 sm, qanoti 13,5—47 sm, ogʻirligi 1,25— 2 kg. Boʻyni, oyoqlari va barmogʻi uzun, oʻrta barmoq tirnogʻi tishchali. Tumshugʻi toʻgʻri, uchli. Patlari koʻkimtir, kulrang, qoʻngʻir, oq, koʻpincha xolli. Oʻrta mintaqadagi Q. mavsumiy, tropik va subtropik mamlakatlarda oʻtroq yashaydi. Suv havzasi qirgʻoqlaridagi chakalakzorlarda, oʻtloq yoki ochiq yerlarda hayot kechiradi. Boshqa qushlar bilan birga koloniya boʻlib, daraxt, butalar shoxiga yoki qamishdan uya yasaydi. Ikkala jins navbat bilan 2428 kun bosadi. Mayda baliq, baqalar, mollyuskalar, hasharotlar, baʼzan kemiruvchilar, qushlar va boshqalar hayvonlar bilan oziqlanadi. Joylarda baliqchilikka birmuncha ziyon yetkazadi. Oʻrta Osiyo hududida oq qoʻton, qoʻk qoʻton, jiyron qarqara va boshqalar turlari tarqalgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |