Kontent qismiga oʻtish

Qoʻmita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo`mitadan yoʻnaltirildi)

Qoʻmita — 1) maxsus tadbirlarni oʻtkazish yoki biron-bir sohaga rahbarlikni amalga oshirish uchun tuziladigan davlat organi. Oʻzbekiston Respublikasida bunday organ Prezidentning farmoniga asosan tashkil etiladi va tugatiladi hamda Oliy Majlis palatalari tasdigʻiga kiritiladi. Ular vakolatining chegarasi farmonda va shu organlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomda koʻrsatiladi. Ushbu organlar rahbari etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan rais tayinlanadi. Qoʻmita rahbarlarining buyrugʻiga asosan quyi organlar tashkil qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida davlat qoʻmitalari va qoʻmitalar mavjud. Qoʻmitalar — Oʻzbekiston Respublikasi „Xotin-qizlar qoʻmitasi“, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi „Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi“; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi“; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi „Din ishlari boʻyicha qoʻmita“; 2) siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va boshqalarda saylab qoʻyiladigan kollegial rahbar organ (partiya markaziy qoʻmitasi, kasaba uyushmalari qoʻmitasi.)