Kotyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'tandan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Kotyan, Qoʻtan (13-asr) — Dashti Qipchoqning gʻarbidagi qipchoq (polovets) xonlaridan; Sutoyxon oʻgʻli. 1205 yil Galich knyazi Roman vafot etgach, Galich knyazligida olib borgan janglaridan birida asir tushishiga sal qolgan. 1223 yil moʻgʻullarni Dashti Qipchoqqa qilgan bosqinidan soʻng , K. Galichga, kuyovi knyaz Mstislav huzuriga kelib, undan va barcha knyazlaridan moʻgʻullarga qarshi kurashida yordam berishlarini soʻragan, yordam berishga vaʼda qilingan. Rus knyazlarining birlashgan kuchlari K. bilan birga Kalka jangida moʻgʻullar tomonidan butkul tor-mor qilinadi. 1225 yil Mstislav K.ni Daniil Romanovich bilan ittifoq tuzgan lyaxlarga qarshi kurashish maqsadida chaqirtirgan, 1228 yil K. Kiyevning ulugʻ knyazi Vladimir Ryurikovichga Daniilga qarshi kurashida yordamlashgan; keyinchalik K. qigtchoqlari Vengriyaga qarshi jang qilgan Daniilga yana yordam berishgan. 1238 yil Ashtarxon dashtlarida Botuxondan magʻlub boʻlgan K. 40 ming kishilik qabiladoshlari bilan Vengriyaga qochib borgan, u yerda qirol K.ni fuqarolikka qabul qilib, qabilasi uchun yer ajratib bergan.

Adabiyot[tahrir]

  • Pletneva S. A., Polovsi, M., 1990; Kochevniki srednevekovya, M., 1982.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil