Qoʻrgʻoshin qotishmalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'rg'oshin qotishmalaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qoʻrgʻoshin qotishmalari - qoʻrgʻoshin (R) asosidagi qotishmalar. Kam va koʻp legirlangan guruhlari bor. 1-guruhga korroziyaga chidamliligi va sirpanuvchanligini oshiradigan qoʻshilmalar (temir Fe, mis Cu, surma S, qalay 8i, kadmiy Ss1 yoki kaltsiy Ca) kam qoʻshilgan Qoʻrgʻoshin qotishmalari kiradi; 2-guruhga qoʻrgʻoshinning mustahkamligi, qattiqligi va antifriksion xossalarini oshiradigan hamda uning erish temperaturasini pasaytiradigan elementlar koʻp qoʻshilgan Qoʻrgʻoshin qotishmalari kiradi. Koʻpgina Qoʻrgʻoshin qotishmalari (tarkibida litiy Li, natriy Na, magniy Mg, kaliy K yoki natriy Na lar 0,1% dan ortiq boʻlgan Qoʻrgʻoshin qotishmalari dan tashqa-ri) qoʻrgʻoshin singari, atmosferada, suvda, baʼzi anorganik kislotalar eritmalarida korroziyaga chidamliligi yuqori. Kam legirlangan Qoʻrgʻoshin qotishmalari tarkibida kremniy (Si) tuzlari, karbonat va sulfat kislotalari boʻlgan tuproq taʼsiriga juda turgʻun boʻladi.

Kaltsiy (Ca) va tellur (Te) bilan legirlanganda qoʻrgʻoshin plastik deformatsiyaga chidamli boʻladi. Boshqa elementlar bilan legirlangan R rekristallanish trasinining pastligi tufayli xona trasida prokatlash, choʻzish, presslash va boshqa ishlov berish jarayonlarida chidamliligi kamayadi. Qoʻshilmalar Rning yoyiluvchanlik chegarasini, kislotaga chidamliligini birmuncha oshiradi.

Tellur (0,03-0,06%), mis (0,040,08%), surma (0,5—2,0%), qoʻshilgan Qoʻrgʻoshin qotishmalari listlar, trubalar, yarimfabri-katlar, vannalarni pardozlash va b. uchun, kaltsiy (0,03—0,07%), tellur (0,04-0,06%), surma (0,4-0,8%), qalay (1,0—2,0%) bilan legirlangan Qoʻrgʻoshin qotishmalari past voltli qobiqlar, kuch kabellari uchun; (0,5—1,%) rux (2p) yoki qalay (Zp) bilan legirlangan Qoʻrgʻoshin qotishmalari temir-uglerodli qotishmalarni korroziyadan saqlash va podshipnik vkladishlariga quyish uchugʻg ishlatiladi. Bulardan tashqari, Qoʻrgʻoshin qotishmalari kavsharlashda, poligrafiya sanoatida, pitra va oʻqlar tayyorlashda ishlatiladi.