Qoʻrgʻoshin oksidlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qo'rg'oshin oksidlaridan yoʻnaltirildi)

Qoʻrgʻoshin oksidlari -Qoʻrgʻoshin kislorod bilan 3 xil oksid RO, R02, R304hamda nostexiometrik tarkibli qoʻrgʻoshin oksidlari hosil qiladi: Qoʻrgʻoshin (P)-oksid, RO — qizil tusli modda. 2 ta modifikatsiyasi maʼlum: quyi temperaturali a-RO (glyot) va yuqori temperaturali (5-RO (massikot). a-RO ning zichligi 9,35 g/sm3. (z-RO — sariq tusli, suyuqlanish temperaturasi 886°, qaynash temperaturasi 1470°, zichliti 9,63 g/sm3. Polimorf oʻtish temperaturasi 489°. RO akkumulyatorlar tayyorlashda, shisha, sir va alifmoy ishlab chiqarishda qoʻllanadi.

Qoʻrgʻoshin (1U)-oksid, R02— qoʻngʻir rangli kukun. 2 ta shakl oʻzgarishi (a va 3) maʼlum. a-R02ning zichligi 9,33 g/.sm3, R-RO,niki 9,67 g/sm3. R02— kuchli oksidlovchi, suv-da, suyultirilgan kislotalarda erimaydi, ishqorlarda oz eriydi. R304 ni nitrat kislota bilan parchalab, R+2 tuzlarini elektrokimyoviy oksidlab kuchli oksidlovchilar (xlor, brom, gipoxlorit va boshqalar) taʼsir ettirib olinadi. Akkumulyatorlar tayyorlashda va oksidlovchi sifatida qoʻllanadi.

Qoʻrgʻoshin qoʻsh oksid (su-r i k), R304— ortoplyumbat kislota N4R04ning qoʻrgoshinli tuzi, qovoq rang kukun. Zichligi 9,1 g/sm3; kuchli oksidlovchi, 500° gacha qizdirilsa, termik dissotsiatsiyaga uchraydi: 2R304—>6RO+OgBillur, shisha va sirlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.